www.ziyouz.com kutubxonasi
286
725. Maoz ibn Jabal (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Menga Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi
vasiyatlari oyog‘imni otning uzangisiga qo‘yayotganimda aytgan gaplaridir”, deb ushbu
hadisni rivoyat qildilar: “Odamlar bilan (muomalada) xulqingni chiroyli qil, ey Maoz ibn
Jabal”.
726. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Yaxshi xulq
kishining burnidagi Allohning rahmatidan bo‘lgan jilovdir. Jilov esa, farishtaning qo‘lida,
uni yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik o‘z navbatida jannatga boshlaydi. yomon xulq esa,
Allohning azobidan bo‘lgan jilovdir. Jilov shaytonning qo‘lida. Shayton uni yomonlikka
boshlaydi, yomonlik do‘zaxga qarab tortadi”.
727. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Albatta, bu
dinni nafsim uchun qabul qildim. U ikki narsa bilan to‘g‘ri bo‘ladi: saxiylik va yaxshi xulq.
Dinni u ikki sifat bilan qodir bo‘lganingizcha mukarram qilinglar”.
Aytiladiki, agar kishi mehmon chaqirsa, uy egasiga ham, mehmonga ham uchtadan
narsa vojib bo‘ladi. Uy egasiga vojib bo‘ladigani quyidagilar: mehmonni toqati
yetmaydigan narsaga taklif qilmaslik va mehmondorchilikni sunnatdan oshirib
yubormaslik, mehmonga faqat haloldan taom qo‘yish, mehmonga namoz vaqtlarini
eslatib turish. Mehmon uchun vojib narsalar: ko‘rsatilgan joyga o‘tirish, keltirilgan
taomga rozi bo‘lish, chiqayotganda uy ahlining barakoti uchun duo qilish.
728. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim molining zakotini ado qilsa, mehmon kutsa va
musibat vaqtida qavmiga saxovat qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi”.
_______________
Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari 717-hadis. Sanadida zaiflik, uzilish bor.
718-hadis. Muttafiqun alayh.
719-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan.
720-hadis. Hasan. Ibn Mojja, Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
721-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, Bazzor, Abu Na’im, Hokim, Asbahoniy rivoyat qilgan.
722-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
723-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim, Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
724-hadis. Sahih. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
725-hadis. Sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
726-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
727-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qligna.
728-hadis. Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyat qilgan.