Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
282
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Savdogar din ilmida faqih bo‘lmasa, riboga botibdi, 
riboga botibdi, riboga botibdi”.
Umar ibn Xattob (r.a.) dedilar: “Kim dinda faqih bo‘lmasa, bozorlarimizda savdo 
qilmasin”. 
Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: “Bozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning 
ichida bo‘rilari bordir”. 
Yana Sufyoni Savriy aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, bozorlarning qorisi va amirlarning 
olimi bo‘lishdan saqlaninglar”. 
Muhammad ibn Abu Shamol bozorga kirib aytar edilar: “Ey bozor ahllari, bozorlaringiz 
kasod, sotishlaringiz fasod, qo‘shnilaringiz hasad qiluvchi va joylaringiz do‘zax (bo‘lib 
qolmasin)”. 
Ibn Abbos (r.a.) aytdilarki: “Halol kasb qilish tog‘ni toqqa ko‘chirishdan og‘irdir”.
Yunus ibn Ubayd (r.a.) dedilar: “Bugungi kunda infoq qilinayotgan dirhamlarning 
pokizasi juda kam, bajarilayotgan amallarning islomiyi tansiq, sunnatga amal qiluvchi 
olimlar juda oz. Dunyo kamchilliklari ichida bulardan-da ozini bilmayman. Ular 
ko‘paymaydilar, ko‘paysa ham, ozgina ko‘payadi. Agar halol dirham topganimizda, 
dardlarimizni davolagan bo‘lardik”. 
709. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: “Har bir banda qiyomat kuni Alloh taologa ro‘baro‘ 
qilinadi va qadami uzilmasdan to‘rt narsa – jasadini nimaga urintirgani, umrini nima 
bilan o‘tkazgani, ilmiga qanday amal qilgani va mol-dunyosini qaerdan topib, qaerga 
sarflagani haqida so‘raladi”. 
Hakimlardan biri aytadi: “Munofiq kishi dunyoni hirs bilan oladi, shubha qilib, (zakotni) 
man’ etadi, riyo bilan sadaqa beradi. Uzoqni ko‘zlovchi mo‘min dunyoni qo‘rqinch bilan 
oladi, shukr qilib saqlaydi, Alloh taolo uchun xolis sarflaydi». 
Yahyo ibn Maoz (r.a.) aytadilar: “Toat Allohning xazinasida saqlab qo‘yilgandir. Uning 
kaliti duo. Kalitning tishlari halol luqma. 
Ibn Shabrama deydilar: “Ajabo, shunday kishilar borki, kasallikdan qo‘rqib, haloldan 
tiyiladi. Nima uchun do‘zaxdan qo‘rqib, haromdan saqlanmaydi”?! 
710. Jobir (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ey odamlar, hech biringiz 
rizqingizni mukammal olmaguningizcha o‘lmaysiz. Rizqda shoshilmanglar, Allohdan 
qo‘rqinglar, chiroyli talab etinglar. Sizlarga nima halol qilingan bo‘lsa, uni olinglar va 
Alloh harom etgan narsani tashlanglar”. 
Hakim aytadilar: “Odamlar kasb-korlariga qarab, besh toifadir. Birinchi toifa rizqni 
kasbdan deb biladi. Ular kofirlardir. Ikkinchisi Allohdan va kasbdan deb biladi. Ular 
mushrikdir. Uchinchi toifa unga rizq beriladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Ular munofiqlardir. 
To‘rtinchi toifa rizqni Allohdan biladi. Ammo kasbi tufayli gunoh qiladi va uning haqqini 
ado etmaydi. Ular fosiqlardir. Beshinchi toifa rizqni Allohdan deb bilib, kasbni sabab 
ko‘radi, haqqini ado etadi va Allohga osiylik qilmaydi. Ular ixlosli mo‘minlardir”. 
711. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Abu Bakr Siddiqning 
(r.a.) bir xizmatkorlari bo‘lib, u topgan pulidan har kuni taom keltirardi. Abu Bakr Siddiq 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin