Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
283
(r.a.) uni qaerdan topganini so‘rab bilmagunlaricha yemas edilar. Bir kuni xizmatkor bir 
joydan ovqat olib keldi. U zot odatlariga qarshi taomni surishtirmasdan turib, bir luqma 
oldilar. G‘ulom: “Har kuni mendan so‘rar edingiz, bu safar so‘ramadingiz”, dedi. Abu 
Bakr (r.a.) shunda aytdilar: “Sening holingga voy. Meni ochlik chalg‘itdi. Endi xabar 
ber-chi, bu taomni qaerdan keltirding?”Xizmatkor: “Men johiliyat davrida bir necha
kishilarni dam solib davolagan edim. Ular menga ish haqimni berishni va’da qilgan 
edilar. Bugun ularning uylariga borib, o‘sha va’dalarini eslatdim. Ular mana shu taomni 
berishdi”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shu zahoti qo‘llaridagi taomni tashladilar va qayt qila 
boshladilar. Qiynalib bo‘lsa-da, o‘sha yutganlari birgina luqmani chiqarib tashlashga 
harakat qildilar. Ammo unga erisha olmadilar. Hatto ko‘karib, qorayib ketdilar. So‘ngra 
harakat qilib, yana qodir bo‘lmadilar. Shu yerda ahvolni ko‘rib turgan kishilar: “Ustidan 
bir kosa suv iching”, deyishdi. So‘ng u kishiga bir idishda suv olib kelishdi. Abu Bakr 
Siddiq (r.a.) suvni ichib, keyin qayt qildilar. Yeganlarining barchasini chiqarib 
tashlamagunlaricha to‘xtamadilar. Odamlar: “Bir luqma uchun shuncha azobmi?” 
deyishdi. Shunda u zot (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo harom 
narsalar bilan ozuqlangan har bir jasadni jannatdan mahrum qiladi”, deb aytganlarini 
eshitganman”, dedilar”. 
Faqih aytadilar: “Kim kasbini yaxshi qilishni istasa, beshta narsani o‘zida saqlasin: kasbi 
tufayli Allohning farzini orqaga surmaslik va kamaytirmaslik, kasbi tufayli Allohning 
bironta maxluqiga ozor bermaslik, kasbi bilan oilasining iffatini saqlashni niyat qilish va 
uni mol-dunyo jam qilishga, ko‘paytirishga vosita etmaslik, nafsini kasbi sababidan juda 
qiynab yubormaslik, rizqini kasbidan emas, balki Allohdan bilib, kasbini sabab ko‘rish”.
712. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlari rivoyat qilingan: “Kim mol-dunyoni 
gunoh yo‘llar bilan topsa, so‘ngra undan sadaqa qilsa yo u bilan qarindoshchilikni 
bog‘lasa yoki Alloh yo‘lida ishlatsa, qilganlarining hammasi jamlanib, do‘zaxga 
tashlanadi”. 
Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Alloh taolo ribo, 
poraxo‘rlik, xiyonat, g‘ulul yoki o‘g‘irlik orqasidan haj qilgan kishining haj va umrasini, 
jihodini, sadaqasini, qul ozod qilishini va nafaqasini qabul qilmaydi”. Keyin: “Besh narsa 
besh narsa bilandir”, deb qo‘ydilar. 
713. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar banda haloldan kasb 
qilib, undan sadaqa va infoq qilsa, ajr va barakotga erishadi. Ammo haromdan mol 
topib, bu ishlarni (sadaqa, infoq) qilsa yoki uni (topganini) ortidagilarga qoldirsa, unga 
faqatgina do‘zax olovi ziyoda bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan 
emas, yaxshilik bilan o‘chiradi”. 
714. Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytadilar: “Albatta, haqiqiy mol narsalarni tashib keltirib sotganning molidir. 
Tijoratchilaringizning yomoni oralaringizda muqim turib, (ya’ni, safar qilmay) sizlar bilan 
talashib-tortishadiganlaridir”. 
715. Payg‘ambar (s.a.v.) yaxshi kasb to‘g‘risida so‘ralganlarida shunday deganlar: 
“Kishining o‘z qo‘li bilan qilgan mehnati va har bir mabrur savdo», ya’ni, shubha va 
xiyonat bo‘lmagan savdo. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
284
716. Qatoda (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Aytishlaricha, rostgo‘y tijoratchi qiyomat 
kunida arshning soyasi ostida bo‘ladi”, dedilar. 
________________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin