Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
281
qora dog‘ bo‘ladigan, uni faqat olov o‘chiradigan tilanchilikdan yaxshi emasmi?” 
Hakimlarning ba’zilari shunday deydilar: “Oqil kishi besh narsasi bo‘lmagan shaharga 
tushmaydi: qat’iyatli sulton, odil qozi, muqim bozor, oqar daryo, mohir tabib”. 
Hakimlarning biridan: “Kasblarning yaxshisi nima?” deb so‘rashdi. U kishi shunday deb 
javob qildi: “Dunyo kasblarining yaxshisi ehtiyojni qondirish uchun haloldan talab 
qilingani, uning bilan ibodat hozirligi ko‘rilgani va ortiqchasi qiyomat kuniga zaxira qilib 
qo‘yilgani. Oxirat kasblarining yaxshisi esa, amal qilinadigan ilmni tarqatish, solih 
amallar qilish va yaxshi odatni joriy etish”. Keyin: “Kasblarning yomoni nima?” deb 
so‘rashdi. “Dunyo kasblarining yomoni haromdan mol to‘plash va uni gunoh ishlarga 
sarflash hamda Parvardigoriga itoat qilmaydigan kishiga ergashish. Oxirat kasblarining 
yomoni esa, hasad qilib, haqni inkor etish, qasddan ma’siyat qilish va adovatli yoki 
zulmkor yomon odatni joriy etish”, deb javob qildi. 
_____________________ 
Kasb qilish fazilati bobi hadislari
696-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
697-hadis. Hasan. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
698-hadis. Isnodi noma’lum. 
699-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
700-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan. 
701-hadis. Bazzor rivoyat qilgan va roviylarini ishonchli, degan. 
702-hadis. Mursal. 
703-hadis. Tabaroniy rivoyat qilgan. Xaysamiy roviylarini sahih, degan. 
704-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
705-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
706-hadis. Zaif. Abu Dovud, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
 
OLTMISH IKKINCHI BOB 
KASB OFATI VA HAROMDAN HAZAR QILISH
707. Faqih Abu Lays Samarqandiy Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat 
qiladilar: “Bizlarga Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar xohlasanglar, qasam ichamanki, 
savdogar fojirdir”, deb aytdilar». 
708. Yana Qatodadan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunduzni qasam 
ichib o‘tkazib, kechasi uni hisob-kitob qiladigan savdogardan ajablanaman”. 
Ahli ilmlarning aytishlaricha, din va dunyo to‘rt narsa bilan qoyim bo‘ladi: olimlar, 
amirlar, askarlar va kasb egalari. 
Faqih aytadilar: “Bu gapni bir zohid tafsir qilgan. Amirlar xalqning tartibini saqlashadi. 
Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari. Ular xalqqa oxiratni anglatib turishadi va 
odamlar ularga ergashadi. Qurolli askarlar – Allohning askarlari. Ular musulmonlarning 
tinchligini saqlash uchun kerak. Ammo cho‘pon bo‘riga aylansa, podani kim boqadi, kim 
saqlaydi?! Olimlar ilmni tashlab, dunyo bilan shug‘ullanib ketishsa, xalq kimga 
ergashadi?! Askarlar yuqori mansabga intilsa va tama’ uchun chiqsa, xalqni dushmandan 
qanday himoya qiladi?! Kasb egalari xiyonat qilsalar, odamlar ulardan qanday omonlik 
topishadi?!” 
Hakimlardan biri dedi: “Agar savdogarda uch xislat bo‘lmasa, ikki dunyoda kambag‘al 
bo‘lib qoladi: tili uch narsadan – yolg‘ondan, ortiqcha so‘zdan va qasam ichishdan 
saqlanmasa, qalbi uch narsadan – ko‘z bo‘yamachilikdan, xiyonat qilishdan va hasaddan 
pok bo‘lmasa, o‘zida uch narsani – juma va jamoat namozlarini, ilm uchun vaqt 
ajratishni va Alloh taolo roziligini har narsadan ustun qo‘ymasa”.


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin