"Ular senga (ya’ni, sening da’vatinga javoban) yayov hollarida va yiroq
yo‘llardan keladigan oriq- holdan toygan tuyalar ustida kelurlar"
(Haj, 27-oyat)
degan kalomini eshitganman".
Faqih aytadilar: "Agar yo‘l yaqin bo‘lsa, piyoda borishning zarari yo‘q va u afzaldir-yo‘l
uzoq bo‘lsa, ulovda kelish afzal. Chunki boruvchi o‘zini charchatadi, qiynaladi, buziladi.
Agar bunday holga tushishdan xotirjam bo‘lsa, piyoda borgani yaxshi.
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u kishi; «farishtalar hojilarni kutib oladi: tuya
egalariga salom beradi, xachir va eshaqda kelganlar bilan so‘rishadi, piyodalarni
quchoqlab oladi", deganlar.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
304
767. Zahhok Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Qay bir
musulmon uyidan Alloh yo‘lini qasd qilib chiqsa, so‘ngra urushdan oldin ulovdan yiqilib
yoki ilon chaqib o‘lsa, qanday holatda o‘lsa ham, u shahiddir. Kaysi musulmon uyidan
Allohning haramini haj qilaman, deb chiqsa, ammo yetmasdan uni o‘lim olib ketsa, Alloh
unga jannatni vojib qiladi".
768. Payg‘ambar (s.a.v.) yana bir hadislarida aytadilar: "Allohim, hojini va u istig‘for
aytgan kishini mag‘firat qil".
769. Ato Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Mening
masjidimda o‘qilgan namoz boshqa masjidda o‘qiltan namozning mingtasiga to‘g‘ri
keladi. Magar Masjidi harom bunday emas".
770. Boshqa xabarda aytiladi: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz, boshqa masjidlarda
o‘qilgan namozlardan o‘n ming marta afzal zdi. Magaram Masjidi Haromdagisi emas.
Masjidi Haromda o‘qshidgan namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan namozdan yuz ming
marta ustun. Alloh yo‘lida o‘qilgan namoz yuz ming namozdan afzaldir". So‘ng Nabiy
(s.a..v.): "O’sha narsadan Ham afzalroq narsani sizlarga aytib berayinmi? Kishi qorong‘i
kechada turib, yaxshilab tahorat olsa va ikki rak’at namozni Alloh taolo huzuridagi
narsani umid qilib o‘qisa (shu namozi afzaldir)", dedilar.
Ibn Umar (r.a) aytadilar: "Paygambar (s.a.v.): beshta narsaning ustiga qurilgan: La-a
ilaha illalloh va Muhammadur rasululloh, deb guvohlik berish, namoz o‘qish, zakot
berish, ramazon oyida ro‘za tutish va Allohning uyini haj qilish", dedilar.
772. Said ibn Musayyab (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: "Alloh
taolo uch nafar kishini bir kishining haji bilan jannatga kirgizadi. Vasiyat qiluvchini, uni
bajaruvchini va uning nomidan haj qiluvchini. Umra ham xuddi shunday. Alloh
bilguvchiroqlir", dedilar.
773. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahihsa nadsal ila Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat
qiladilar. Payg‘g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Alloh yo‘lida (yurganda ko‘tarilgan) changlar
bilan jahannamning tutuni bapdaning ichida hech kachon birga bo‘lmaydi. Bandaning
qalbida hech qachon iymon va baxillik jamlanmaydi".
774. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh yo‘lida ertalab otlanib, kechqurun kaytish yer
va undagi bor narsalardan afzaldir. Kishining safda turishi oltmish yillik ibodatdan
yaxshi".
775. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar (s.a.v.) Abdulloh ibn Ravohani
qo‘shin bilan jo‘natdilar. Juma quni edi, Ammo Abdulloh (r.a.), Payg‘ambar (s.a.v.) bilan
birga juma namozini o‘qib, so‘ng sheriklarimga yetib olaman, deb o‘yladilar. Na-moz
paytida Payg‘ambar (s.a.v.) u kishini ko‘rib qolib: "Nima bo‘ldi, birodarlaring bilan jo‘nab
ketmadingmi?" deb so‘radilar. Abdulloh (r.a.): "Siz bilan juma namozini o‘qishni
xohladim, birodarlarimga keyin yetib olaman", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda
unga: "Agar yerdagi bor narsani infoq qilsang HAM, ularning jo‘nab ketishidagi fazilatni
topa olmaysan", dedilar".
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |