Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
307
aytib beraymi? Payg‘ambar (s.a.v.): “alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilish kishining bir oylik
ro‘zasidan va kechasidagi qiyomidan yaxshidir. Kim posbonlikda o‘lsa, qabr fitnasidan
mudofaa qilinadi, uning har bir amali qiyomatgacha yaxshi amal qilgani kabi o‘sib
boradi”, deganlar”, dedilar”.
789. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh yo‘lida bir
takbir aytsa, qiyomat kuni uning tarozisida u takbir osmon, yer va ularda bor narsadan
og‘irroq tosh bosadi. Kim Alloh yo‘lida “la-a ilaha illallohu vallohu akbar”, deb ovozini
ko‘tarib aytsa, Alloh taolo u uchun ulug‘ rozilikni yozadi va kimga ulug‘ rozilikni yozsa,
uni Muhammad (s.a.v.), Ibrohim (alayhissalom) va boshqa payg‘ambarlar bilan birga
qiladi”.
Faqih (r.a.) aytadilar: “Allohning “ulug‘ roziligi” xususida ixtilof bor. Ba’zilar: “U – Allohni
ko‘rish”, deydi, boshqalar esa: “Ulug‘ rozilikdan keyin unga hech qachon g‘azab
qilinmaydi”, deb aytadi”.
790. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib:
“Ey Allohning elchisi, men qanday qilsam, molimdan infoq berib, Alloh yo‘lida jihod
qilgan kishining darajasiga yetaman?” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nimang bor?”
“Olti ming dirhamim bor”, dedi u. “Agar o‘shani infoq qilsang, g‘oziyning bitta uyqusiga
teng keladi”, dedilar Nabiy (s.a.v.)”.
Muhammad ibn Muqotil otasidan rivoyat qiladilar: “Kimki sochini qo‘riqchilik qilib
turganida oldirsa va so‘ng u sochni ko‘msa, modomiki, soch ko‘milgan turarkan, unga
qo‘riqchilik ajri to‘xtamay borib turadi. Soch esa, hech qachon chirimaydi”.
Usmon ibn Ato otasidan rivoyat qiladilar: “Bir kishi Abdurahmon ibn Avf bilan u zotning
bog‘iga kirdi. Shunda u zot (r.a.) o‘ttizta qulni ozod qildilar, o‘sha kishi esa, bu ishdan
ajablandi. Abdurahmon: “Senga bu ishdan ham afzalrog‘ini aytaymi?” dedilar. “Ha”, dedi
u. “Bir kishi Alloh yo‘lida qamchisini qo‘liga olib, ulovda ketib borayotib, mudroq sababli
qamchisi tushib ketsa, shu qamchisini tushirib qoldirgani sababli unda paydo bo‘lgan
qo‘rquv sen ko‘rgan va men qilgan ishdan afzaldir”, dedilar”.
791. Abdulloh ibn Muborak Payg‘ambardan (s.a.v.) zikr qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kuni sirot ustidan shamol kabi o‘tadigan, hisob-kitob
qilinmaydigan va azoblanmaydigan qavmlarni tiriltiradi”. “Ey Rasululloh, ular kimlar?”
deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ular o‘limni qo‘riqchilikda topganlar”, dedilar.
792. Abu Umoma Boxiliy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rt kishiga
o‘lganlaridan keyin ham ajr oqib kelaveradi: Alloh yo‘lida chegarada posbonlik qilgan
holda o‘lgan kishining ajri; bir ilmni o‘rgatgan va u ilmga amal qilganlarning
o‘rgatuvchiga boradigan ajri; molidan sadaqai joriya qilgan kishining ajri; ortidan duo
qiluvchi solih farzand qoldirgan kishining ajri”.
Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Agar dushman bir joyga
hujum qilsa, o‘sha joy qirq yil qo‘riqlanadi. Uch marta bostirib kelsa, qiyomat kunigacha
qo‘riqlanadi”.
__________________
Dostları ilə paylaş: