“(Ey mo‘minlar) ular uchun imkoningiz boricha kuch tayyorlab qo‘yinglar” (Anfol, 60), degan oyatni o‘qidilar, keyin aytdilar: “Ogoh bo‘linglar, kuch nayza otishdir”.
Bu gapni uch marta takrorladilar.
801. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Kim otishni o‘rgangandan keyin uni tashlasa, sunnatni
tashlabdi”. Boshqa bir xabarda “ne’matni tark etibdi”, deyiladi.
Aytadilarki, ulug‘ obro‘li kishi, agar amir bo‘lsa ham, to‘rt ishdan chekinmasligi lozim:
ota-ona uchun o‘rnidan turish, mehmonga xizmat qilish, otiga qarash va odobu ilm
o‘rgatgan muallimiga xizmat qilish.
802. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) bu hadisni eshitdim: “Ilm
talab qilgandan keyin otishni o‘rganish kishining shon-sharafidir”. O‘shanda: “Ey
Allohning rasuli, otishni o‘rganishni nima savobi bor?” deb so‘ragan edim, u zot: “Ey
Anas, kim Allohning roziligini va Islomning izzatini xohlab o‘q otsa, har bir otganiga
Hurul ‘iynlardan uning uchun bir joriya bordir va unga jannatda oq durli chodir tikiladi.
Uning kengligi yerning kengligichadir. Kim Alloh yo‘lida bir o‘q otsa, unga u o‘q
qiyomatgacha kattalashib boraveradi, hatto, Uhud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi”, dedilar.
803. Va yana aytadilar: “Kim otishni o‘rgansa, unga Alloh uch narsani beradi: mujohidlar
bilan birga bo‘ladi, haybatli bo‘ladi, rizqi keng bo‘ladi. Oxiratda ham uchta narsa bilan
siylaydi: mujohidlar bilan mahshargohda ham birga bo‘ladi, sirotdan chaqmoqdek o‘tadi
va jannatga hisobsiz kiradi”.
804. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dushmanga
duch kelishni orzu qilmanglar. Allohdan salomatlikni, tinchlikni so‘ranglar. Agar ularga
duch kelsanglar, mahkam turinglar va Allohni zikr qilishni ko‘paytiringlar”.
____________________
Chavandozlik va o‘q otish fazilati bobi hadislari 793-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
794-hadis. Muttafaqun alayh.
795-hadis. Ibn Asokir, Ibn Najjor rivoyat qilgan.
796-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
797-hadis. Isnodi noma’lum.
798-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.
799-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
800-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
801-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’»ga qarang.
802-hadis. Isnodi noma’lum.
803-hadis. Isnodi noma’lum.
804-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.