www.ziyouz.com kutubxonasi
316
farishtalari to qaytgunicha unga la’nat o‘qishadi”, dedilar.
Ka’bul Ahbor aytadilar: “Qiyomat kuni xotindan birinchi so‘raladigan narsa namoz, so‘ng
erining haqqi bo‘ladi”.
813. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar xotin erining uyidan qochib ketsa, qaytgunicha
va qo‘lini erining qo‘liga qo‘yib, nima qilsang, qil, degunicha namozi qabul qilinmaydi.
Agar xotin namoz o‘qib, eri uchun duo qilmasa, eriga duo qilmagunicha namozi qabul
bo‘lmaydi”.
814. Qatoda (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Payg‘ambarning (s.a.v.) Minodagi xutbalarida
shunday deganlari zikr qilindi: “Ey odamlar, albatta, sizning xotinlaringizda haqqingiz va
xotinlaringizning sizlarda haqqi bor. Ularning ustidagi sizlarning haqlaringiz – ular
sizlarning to‘shaklaringizni muhofaza qilmoqlari va sizlar yomon ko‘radigan kishilarning
uyingizga kirishiga ruxsat bermasliklari, yomon ish qilmasliklari. Agar ular yuqoridagi
ishlarni qilsalar, ularni zarar yetkazmasdan urishlaringiz halol bo‘ladi. Ularning sizning
ustingizdagi haqqi – ularni kiyintirishingiz, yaxshilik bilan nafaqa qilishingiz”.
815. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar xotin
besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon oyi ro‘zasini tutsa, avratini saqlasa va eriga itoat
qilsa, jannat eshigining xohlaganidan kiradi”.
816. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytganlar: “Agar erni ikki burnining biridan qon va
biridan yiring oqsa, uni xotini artsa, bu bilan ham erining haqqini ado qilolmaydi”.
_________________
Erning xotini ustidagi haqlari bobi hadislari 811-hadis. Zaif.
812-hadis. Zaif.
813-hadis. Zaif.
814-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan.
815-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.
816-hadis. Zaif. Bazzor, Hokim rivoyat qilgan.
YETMISH TO‘RTINCHI BOB XOTINNING ERI USTIDAGI HAQQI 817. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: “Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat
qilishlaricha, Payg‘ambardan (s.a.v.): “Qaysi mo‘minlarning iymoni mukammalroq?” deb
so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ahllari bilan yaxshi xulqda bo‘lganlari”, deb javob qildilar“.
818. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Hammalaringiz boshliqsiz
va hammalaringiz qo‘l ostingizdagilardan so‘ralasiz. Odamlarga boshliq bo‘lgan imom
raiyatidan mas’uldir. Ahliga boshliq erkak ahlidan mas’ul, qul xo‘jayinining moliga
boshliq va undan so‘raladi, xotin erining uyiga boshliq va u qo‘l ostidagi narsalardan
so‘raladi. Ogoh bo‘linglarki, hammalaringiz boshliqsizlar va hammalaringiz qo‘l ostidagi
narsasidan so‘raluvchisizlar”.