Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari
817-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.
818-hadis. Muttafiqun alayh.
819-hadis. Zaif. “Al-majma’”ga qarang.
820-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
821-hadis. Isnodi noma’lum.
822-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
318
YETMISH BESHINCHI BOB
NIZOLASHGANLAR O‘RTASINI ISLOH QILISH VA ARAZLASHISHDAN
QAYTARISH
823. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy
(r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Musulmon kishining birodari bilan
uch kundan ko‘proq gaplashmay yurishi halol emas. Uchrashib qolishganda, bittasi
yuzini bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga qilganlarning yaxshisi birinchi salom
berganidir“.
824. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
“Arazlashmanglar. Agar arazlashsanglar, uch kundan oshirmanglar. Agar ikki muslim
arazlashgan holda vafot etsa, ular jannatda jam bo‘lmaydi”.
825. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Allohning
shunday bandalari borki, ularga qiyomat kuni nurdan minbarlar qo‘yiladi. Ular
payg‘ambar ham, shahid ham emaslar. Payg‘ambar va shahidlar ularga havas qiladilar”.
Sahobalar: “Ular kim, ey Rasululloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Ular Alloh yo‘lida do‘st
tutinganlardir”.
826. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Jannat eshiklari
seshanba va payshanba kunlari ochiladi. Shunda Allohga shirk keltirmagan har bir
musulmon bandaning gunohi kechiriladi. Faqat birodari bilan o‘rtasida adovati bo‘lgan
kishiniki kechirilmaydi. “Bu ikkalasi yarashguncha kutinglar”, deb to‘xtatib turiladi va
uch kundan ortiq arazlashganlarning amali ko‘tarilganda, ortga qaytariladi”.
827. Abu Amomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “ Sha’bon oyi
yarmiga yetganida kechasi Alloh dunyo osmoniga tushadi va yer ahliga qaraydi. So‘ngra
yer ahlining, hammasini kofir va arazlashib gaplashmay yurganlardan boshqalarini
kechiradi”.
Faqih aytdilar: “Allohning tushishi amrining tushishidir. Alloh taolo: “Bas, Alloh ular
hisobga olmagan tomondan keladi”, deganida ularga buyrug‘i kelgani kabi”.
828. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Besh
kishining namozi qabul emas: erining g‘azabini olgan xotinning, xo‘jayinidan qochgan
qulning, birodariga uch kundan ortiq gapirmay, arazlashib yurgan kishining, davomli
aroq ichuvchining va qavmi yoqtirmagan imomning”.
829. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga Alloh yaxshi ko‘radigan va yengil bo‘lgan sadaqani
aytaymi?” dedilar. Sahobalar: “Ha, ey Rasululloh”, deyishdi. Nabiy (s.a.v) aytdilar: “Bu
ish birovlarning orasi uzilgan bo‘lsa, isloh qilib qo‘yishdir”.
830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): “Namoz, ro‘za va
sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha”,
deyishdi. “Orasi uzilganlarni isloh qilish”, dedilar Nabiy (s.a.v.).
Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: “Kim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |