www.ziyouz.com kutubxonasi
319
uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi:
– kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin;
– kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin;
– kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin;
– kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga
qarshi jihod qilsin;
– kim sadaqa berib fazilatga erishishni xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan
narsasidan ta’lim bersin;
– kim haj yaxshiligini xohlasayu, qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin;
– kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning
orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini tashlamasin;
– kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va nafsiga rozi bo‘lgan
narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin”.
831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: “Alloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido
qiluvchi: “Fazilat egalari qaerda?” deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir
to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: “Nimani xohlaysizlar?” deydi.
“Jannatni xohlaymiz”, deyishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?!” deb so‘raydi. Ular:
“Ha, oldin”, deyishadi. So‘ngra “Sizlar kimsizlar?” deb so‘raydi farishtalar. Ular: “Bizlar
fazilat egalarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Dunyodagi fazilatingiz nima edi?” deb savol
qiladi. Ular: “Agar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar yomonlik kelsa, uni
kechirib yuborardik”, deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: “Jannatga kiringlar.
Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi nido qiladi: “Sabr ahllari
qaerda?” Jannatni umid qilganlardan bir to‘dasi turadi. Ularga farishtalar: “Nimani
xohlaysizlar?” deydi. Ular: “Jannatni xohlaymiz”, deb aytishadi. Farishtalar: “Hisobdan
oldin-a?” deydi. Ular: “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. “Bizlar
sabr egalarimiz”, deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: “Sabrlaringiz nima edi?” Ular
aytishadi: “Allohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik”. Farishtalar aytadi:
“Jannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi yana
nido qiladi: “Uyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar qaerda?” Bir to‘da jannatni
xohlaganlar turadi. Farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deb so‘raydi. Ular aytishadi:
“Jannatni xohlaymiz”. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular “Ha”, deyishadi.
Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. Ular: “Biz Allohning yeridagi qo‘shnilarimiz”,
deyishadi. Farishtalar: “Sizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?” deb so‘raydi. “Bizlar
Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir-
birovlarimizni ziyorat qilar edik”, deyishadi. Farishtalar aytishadi: “Jannatga kiringlar.
Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi”.
832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: “Men uchun
bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan
boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman”.
Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Bir mil yurib borib, kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib,
birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y”.
Anas (r.a.) aytadilar: “Kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod
qilganlik savobini beradi”.
Abu Bakr Varroq aytadilar: “Alloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga
chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa–qalb, til, a’zolar va xulqning har
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy