www.ziyouz.com kutubxonasi
315
oyatlaringga ergashar va mo‘minlardan bo‘lar edik. Lekin u Sen buyurgan narsalarni
bizlarga yetkazmadi”, deydi qavm. Nuhga (alayhissalom) keyin: “Sen ularga
yetkazmaganingni da’vo qilishyapti. Senda ularga qarshi guvohlar bormi?” deyiladi. Nuh
(alayhissalom): “Ha, bor”, deydilar. “Kim ular?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom)
aytadilar: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridir”. Shunda ular chaqirilib,
so‘raladi. “Ha, bizlar Nuhga (alayhissalom) guvohlik beramiz, – deyishadi ular. – U kishi
qavmiga yetkazdi”. Nuhning (alayhissalom) qavmi aytadi: “Sizlar bizlarga qanday qilib
guvohlik berasizlar? Bizlar avvalgi, sizlar esa, keyingisizlar”. Ular: “Guvohlik beramizki,
Alloh taolo bizga payg‘ambar yubordi va unga kitob tushirdi. Unga nozil qilingan narsada
sizlarning xabarlaringiz kelgan”, deydi”.
Abu Hurayra (r.a.) keyin aytdilar: “Bizlar (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomat kunida esa
oldingilar. Bu Allohning so‘zidir:
“Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143-oyat).
______________
Muhammad (s.a.v.) ummatlari fazli bobi hadislari 805-hadis. Isnodi mavzu’.
806-hadis. Sanadida uzilish bor, zaif.
807-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
808-hadis. Isnodi noma’lum.
809-hadis. Isnodi noma’lum.
810-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
YETMISH UCHINCHI BOB ERNING XOTINI USTIDAGI HAQQI 811. Faqih aytadilar: “Bir a’robiy Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelib: “Men Islomga
kirdim. Yana biror narsa ko‘rsating, ishonchim ziyoda bo‘lsin”, dedi. Payg‘ambarimiz
(s.a.v.): “Nima istaysan?” deb so‘radilar. “Anuv daraxtni chaqiring, oldingizga kelsin”,
dedi a’robiy. Nabiy aytdilar: “Borib, uni chaqir”. A’robiy daraxt oldiga borib: “Allohning
rasuliga javob ber”, dedi. Daraxt ag‘darildi. Tomirlari uzildi. Keyin bu tomonga, oldinga
va orqaga ag‘darildi. Keyin tomirlari, shoxlari bilan yurib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.)
oldlarida to‘xtab, salom berdi. A’robiy tan berib: “Yetadi, yetadi”, dedi. Unga qaytishni
buyurdilar. Daraxt qaytib ketdi, tomirlari o‘rniga qadalib, to‘g‘ri o‘rnashdi. A’robiy aytdi:
“Ey Allohning elchisi, menga boshingizni va oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat bering”. Unga
ruxsat berdilar. Boshlarini va oyoqlarini o‘pganidan keyin: “Sizga sajda qilishga ruxsat
bering”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Menga sajda qilma, maxluqlar
(yaratilganlar) bir-biriga hech sajda qilmaydilar. Agar maxluqqa sig‘inishni biron kishiga
buyurganimda, xotinga erining haqqini hurmatlashi uchun unga sajda qilishni buyurar
edim”.
812. Ato ibn Omir (r.a.) rivoyat qiladilar. Bir xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib
aytdi: “Ey Allohning elchisi, erning xotin ustidagi haqqi nima?” Nabiy (s.a.v.): “Agar eri
tuyaning ustida turib uni xohlasa, e’tiroz qilmasligi; ramazondan tashqari har qanday
nafl ro‘zani faqat erning izni bilan tutishi. Agar shunday qilmasa, erga ajr bor, xotinga
gunoh. Yana erining ruxsatisiz ko‘chaga chiqmasligi. Agar chiqsa, rahmat va azob
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy