“Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O‘zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga o‘zing bizni g‘olib qil!” (Baqara, 285 –
286-oyatlar), dedim. Keyin Alloh taolo: “Bu ham sizga,
“Agar sizlardan yigirmata sabr-qanoatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar” (Anfol, 65-oyat), dedi”.
807. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘amg‘ar (s.a.v.) aytdilar: “Boshqa
payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa menga berildi: butun ins- jinlarga elchi qilib
yuborildim; men uchun yer yuzi masjid va poklovchi qilindi; (dushmanga) bir oylik
masofadan qo‘rquv solish bilan menga madad berildi; men uchun o‘ljalar halol qilindi va
menga shafoat qilish huquqi berildi, uni ummatim uchun saqlab qo‘ydim”.
808. Faqih aytadilar: “Umar ibn Xattobning (r.a.) bir yahudiyda haqi bor edi. Umar (r.a.)
uni topib: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagan zotga qasamki, menga
beradiganingni bermaguningcha sendan ajramayman”, dedilar. Yahudiy aytdi: “Abul
Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q”. Umar (r.a.) shunda yahudiyning
yuziga shapaloq tortib yubordilar. Yahudiy: “Sen bilan mening oramni Abul Qosim
ochadi”, dedi. Ikkalasi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelishdi. Yahudiy aytdi: “Umar,
Alloh seni insoniyatga payg‘ambar qilib tanladi”, deb da’vo qildi. Men esa, seni Alloh
taolo insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q, dedim. Shunda u meni bir tarsaki
urdi”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Umar, tarsaki uchun uning roziligini ol”, dedilar.
So‘ngra: “Ha, ey yahud, Odam (alayhissalom) Alloh safiysi, Ibrohim (alayhissalom)
Allohning do‘sti, Muso (alayhissalom) Allohning payg‘ambari, Iso (alayhissalom)
Allohning ruhi va men Allohning habibi bo‘laman. Ey yahud, ummatim Allohning ikki ismi
bilan nomlandi. Alloh o‘zini salom deb atadi va ummatimni musulmonlar dedi. O‘zini
mo‘min deb atadi va ummatimni mo‘minlar dedi. Ey yahud, bizlar uchun saqlab
qo‘yilgan kunni (ya’ni, juma kunini) istadinglar, ammo bu kun bizlarniki, ertasi sizlarniki
va indingi kun nasorolarniki bo‘ldi. Ey yahud, siz birinchi edingiz, biz oxir, qiyomat kuni
esa, biz birinchilarmiz. Ey yahud, men kirmagunimcha jannat barcha payg‘ambarlarga
haromdir. Ummatim ham jannatga kirmagunicha hamma ummatlarga haromdir”, dedilar
yana Rasululloh (s.a.v.)”.
Ka’bul Ahbor aytadilar: “Alloh taolo bu ummatni payg‘ambarlarni ikrom qilgan uchta
narsa bilan ikrom qildi:
1. Har bir payg‘ambarni qavmiga guvoh qildi, bu ummatni esa, butun odamlarga.
2. Alloh payg‘ambarlariga aytdi: