www.ziyouz.com kutubxonasi
322
“Ey ulamolar, podshohlar hikmatni sizlarga tashlab qo‘yganidek, sizlar uning mulkini
o‘zlariga qoldinglar”.
839. Shaqiq ibn Salama rivoyat qiladilar: “ Umar ibn Xattob (r.a.) Bashr ibn Osim
Saqafiyni Havozin qabilasining zakotiga bosh qilib tayinladilar. Ammo u rozi bo‘lmadi.
Umar (r.a.): “Nimaga rozi bo‘lmaysan, sen bizga itoat qilishing shart ekanini
bilmaysanmi?” dedilar. Shunda Bashr aytdi: “Bilaman, lekin men Payg‘ambarning
(s.a.v.): “Qaysi kishi odamlarga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni u keltiriladi-da,
jahannam ko‘prigi ustida to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi, agar
yomon bo‘lgan bo‘lsa, ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi”, deganlarini
eshitganman”. Keyin Umar (r.a.) xafa bo‘lib chiqdilar. U kishiga Abu Zarr (r.a.) duch
kelib: “Nima bo‘ldi, xafa ko‘rinasiz?” deb so‘radilar. Hazrati Umar Bashr ibn Osimning
gapini aytdilar. Abu Zarr: “Bu hadisni ilgari eshitmaganmidingiz?” dedilar. Umar: “Yo‘q”
deb aytdilar. Abu Zarr shunda: “Guvohlik beramanki, men Nabiyning (s.a.v.): “Kim
odamlardan loaqal bittasiga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni keltirilib, jahannam
ko‘prigi ustiga to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi va agar yomon bo‘lsa,
ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi. U joy qop-qorong‘i zulmatdir”, deganlarini
eshitganman”, dedilar”.
840. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki:
“Qiyomat kuni adolatli qozi keltirilib, qattiq hisob qilinganidan so‘ng, hecham ikki kishi
orasida hukm qilishni istamay qoladi”.
841. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim hukm
chiqarishga tayinlansa, pichoqsiz so‘yilibdi”.
Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) Abu Jafar oldiga kirganlarida u: “Ey Abu Hanifa, bizning
ishimizga yordam bering”, dedi. U zot aytdilar: “Men sizga yordam berishga qodir
emasman”. Xalifa yana: “Subhonalloh, bizning ishimizga yordam bering”, dedi. Abu
Hanifa aytdilar: “Ey mo‘minlarning amiri, agar meni rostgo‘y bilsangiz, demak haqiqatda
qodir emasman, mabodo yolg‘on aytyapti, deb o‘ylasangiz, yolg‘onchini bu ishga
tayinlashingiz halol emas”, deb javob qildilar.
842. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar. Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kirdim, men
bilan yana ikki kishi kirib: “Ey Rasululloh, bizlarga bir vazifa bering, ishlaymiz”,
deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Biz vazifa talab qilib kelgan kishiga
vazifa bermaymiz”.
843. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinishicha, u zot Ka’b ibn Ujraga: “Ey Ka’b, Alloh
senga ahmoqlarning amirligidan panoh bersin”, deb uch marta aytdilar. Keyin davom
etdilar: “U amirlar mendan keyin keladi. Kim ularning yolg‘on so‘zlarini to‘g‘ri desa va
qilayotgan zulmlariga yordam bersa, ular mendan uzoqdirlar, men ulardan bezorman. Ey
Ka’b, har bir go‘shtki, harom yo‘l orqali topilgan narsa bilan o‘sgan bo‘lsa, undan o‘t
yaxshidir. Ey Ka’b, ro‘za to‘siqdir, sadaqa xatolarni o‘chiradi. Namoz yaqinlikdir. Ey Ka’b,
odamlar ikki sinf bo‘ladi: nafsini sotib olib, so‘ngra ozod qilganlar va nafsini sotib,
halokatga tushuvchilardir”
844. Muso ibn Abdusamad Zazzondan rivoyat qiladilar: “Biz Abdulloh ibn Abbos (r.a.)
bilan birga u kishiga qarashli tepalikda edik. U kishi Payg‘ambarning (s.a.v.)
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy