www.ziyouz.com kutubxonasi
305
776. Salmon Forsiy (r,a.) aytadilar: "Kechasi sohil bo‘yida chegarani qo‘riklash kishiga
ro‘za tutganidan va ahlida bir oy qoim turganidan yaxshidir Alloh yo‘lida dushmanga
qarshi chegarada qurol olib turganida o‘lsa, Alloh uni kabr fitnasidan mudofaa qiladi va
uni katta qo‘rqinchdan omon saqyaaydi. Amali uchun kecha-kunduz qiyomatgacha ajr
berib turadi.
777 Ubayd ibn Umayr otasining shunday rivoyat qilganini aytadilar: "Payg‘ambardan
(s.a.v.) "Islom nima?” deb so‘rashdi. "Yaxshi gapirish, ochlarga taom va salomni
yoyish", dedilar. "Qaysi Islom Islom yo‘lida qilingan amallarning qaysilari afzal?" deb
so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): "Qo‘lidan va tilidan insonlarning omonda bo‘lishi", dedilar.
Keyin: "Qaysi namoz afzal?" deyishdi. "Uzun qiyom", dadilar. "Kaysi saddaqa afzal?" deb
so‘rashdi so‘ng. "Kambag‘alliqdagisi", dedilar. "Qaysi iymon afzal?" deb so‘rashganda,
"Sabr va bag‘rikenglik", deb javob berdilar. "Qaysi jang afzal?" deb so‘rashdi keyin.
Nabiy: "Kimning oti yarador bo‘lsa va uning qoni oqsa", dedilar. "Qullarning qaysisi
afzal?" deb so‘rashgan edi, "Puli qimmatrog‘i", dedilar Nabiy (s.a.v.)".
778. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh taoloning yo‘lida ketayotganida ko‘tarilgan
chang bilan jahannam tutini musulmon bandaning dimog‘ida birga bo‘lmaydi".
779. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Qiyomat kuni uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar
yig‘laydi: Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, Alloh harom etgan narsalardan tayilgan
ko‘z, Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘z".
780. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar:
"Menga ummatimdan jannatga birinchi kiradigan hamda do‘zaxga kiradigan uch kishi
ko‘rsatildi. Jannatga kiruvchi Uch kishi - shahid, qulligi Alloh taologa ibodat qilishdan
to‘sib qo‘ymagan qul va bola-chaqasi bor pokdomon faqir. Do‘zaxga birinchi bo‘lib
kiruvchi uch kishi zolim amr,Allohning haqqini ado qilmaydigan kishi va kibrli
kambag‘al".
“Nega undan yuz o‘girdingiz?” deb so‘rashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar:
“Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, uning Hurul ‘iyn juftlari shoshayotganini, hatto
bilakuzuklari ochilib ketganini ko‘rdim”.
783. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hech qaysi
banda o‘lganidan keyin dunyoga qaytishni orzu qilmaydi. Agar dunyo va undagi narsalar
berilsa ham, uning uchun Allohning dargohi yaxshi. (Ya’ni, dunyoga qaytishni o‘limdan
xavfsiragani uchun jamiki dunyo berilsa ham, umid qilmaydi). Magar shahidgina
shahodatning fazilatini bilgani uchun dunyoga qaytishni va yana bir bor o‘ldirilishni orzu
qiladi”.
Said ibn Jubayr (r.a.) Allohning: