Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə365/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
331
“Namozni to‘kis ado etadiganlar”
(Haj surasi, 35-oyat), deb aytgan. Munofiqlarni 
sifatlab, ularni namozxonlar degan: 
“Bas, namozlarini “unutib” qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan “namozxon”larga 
halokat bo‘lg‘ay”
(Mo’uvn, 4 – 5-oyatlar). Mo‘minlarni esa: 
“Namozlari ado qiladilar”
(Baqara, 3-oyat) deb sifatlagan. Namozni ado qilish uni 
davomli o‘qish, vaqtlariga rioya etish, ruku’ va sajdalarini maromida bajarishdir.
Hakimlardan biri aytadi: “Odamlar namozga hozir bo‘lishda ikki sinf: xos va om. Xos 
odamlar namozga hurmat bilan keladi, ishonch va qo‘rqinch bilan turadi, ta’zim bilan 
ado qiladi, xavf bilan qaytadi. Omlar esa, g‘aflat bilan keladi, jahl bilan turadi, vasvasa 
bilan ado qiladi va xotirjam qaytadi”.
Hakimlar aytishadi: “To‘rt narsa to‘rt o‘ringa qadalib, to‘rt o‘rinda bosh ko‘taradi: 
1. Allohning rizoligi toatga tushib, saxiylar uyida bosh ko‘taradi. 
2. Allohning g‘azabi xatolarga qadalib, baxillarning ustidan chiqadi. 
3. Yaxshi yashash, keng rizq savoblarda yashirinadi va namozxonlar uyida chiqadi. 
4. Xarob yashash azoblarga qadalib, namozga beparvolar uyidan chiqadi”. 
Ba’zi hakimlar aytishadi: “Odamlar olti narsa bilan shug‘ullanganida, sizlar boshqa olti 
narsa bilan shug‘ullaninglar. 
1. Odamlar ko‘p amal bilan shug‘ullansa, sizlar yaxshi amallar bilan shug‘ullaninglar. 
2. Odamlar fazlatlar bilan shug‘ullansa, sizlar farzlarni mukammal bajarish ila 
shug‘ullaninglar. 
3. Odamlar tashqi ko‘rinishni isloh qilish bilan shug‘ullansa, sizlar botinni isloh qilish 
bilan shug‘ullaninglar. 
4. Odamlar odamlarning ayblari bilan shug‘ullansa, sizlar o‘zlaringning ayblaring bilan 
shug‘ullaninglar. 
5. Odamlar dunyosini obod etish bilan shug‘ullansa, sizlar oxiratingizni obod etish 
bilan shug‘ullaninglar. 
6. Odamlar bandalarning rizosini qozonish bilan shug‘ullansalar, sizlar Alloh roziligini 
olish bilan mashg‘ul bo‘linglar”. 
___________________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin