Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
334
Ikrimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: “Bir kishi o‘tib ketayotib, uxlab 
yotgan kishining oldida ikkita shaytonni ko‘rdi. Ularning biri sherigiga: “Borib bu 
odamning qalbini buz”, dedi. Unisi haligi kishining yaqiniga kelib, darhol orqasiga 
qaytdi va shunday dedi: “U bir oyatni o‘qib yotibdi. Biz uning oldiga kirolmaymiz”. So‘ng 
ikkinchisi uxlab yotgan kishining oldiga bordi. U ham qaytib ketdi va: “To‘g‘ri aytding”, 
dedi. So‘ngra ular ketishdi. Keyin musofir uyqudagi kishini uyg‘otib, shaytonlar bilan 
bo‘lgan ishni aytdi va “Uxlayotganingda qaysi oyatni o‘qib yotgan eding?” deb so‘radi. U: 
“Albatta, Parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda 
yaratib, so‘ngra arshiga o‘rnashdi”
, jumlasidan 
“Zero, Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir”
gacha (A’rof, 54 – 
56) o‘qiganini aytdi. 
Abu Majlaz aytadilar: “Kim zolim amirdan qo‘rqsa, “roziytu billahi robban va bil islami 
diynan va bi Muhammadin (s.a.v.) nabiyyan va bil Qur`ani imaman va hukman”, desa, 
unga Alloh najot beradi. 
884. Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Xolid ibn Valid: “Ey Allohning 
elchisi, men tushimdan qo‘rqyapman”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “A’uzi 
bikalimatillahit tammati min ‘azabihi va ‘iqobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish 
shayatiyni va a’uzu bika robbi an yahzurun, deb ayt”. 
885. Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni Maozning (r.a.) qo‘llaridan ushlab aytdilar: “Senga
vasiyat qilamanki, har namozingdan keyin ushbu: “Allohuma a’inni ‘ala tilavati zikrika va 
shukrika va husni ‘ibadatika” duosini o‘qishni tark qilma. 
886. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) uyqudan uyg‘onsalar: 
“Alhamdu lillahillaziy ahyaniy ba’da ma amataniy va ilayhin nushur”, deb aytar edilar“. 
887. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Agar birortangiz 
yomon tush ko‘rib, undan qo‘rqsa, chap tomoniga uch marta tuflasin va uning 
yomonligidan uch marta Allohdan panoh tilasin. Shunda u zarar bermaydi”. 
888. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey
Allohning elchisi, duolarning qaysisi afzal?” deb so‘radi. “Rabbingdan avfni, dunyo va 
oxirat salomatligini so‘rashing afzal”, dedilar. So‘ng uchinchi kun kelib, yana shunday 
deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar avf, dunyo va oxiratda salomatlik berilsa, 
albatta, najot topasan”, dedilar“. 
889. Rivoyat qilishlaricha, Ibn Mas’ud (r.a.) safarga chiqishni xohlasalar, ulovlariga 
minib, so‘ng: “Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila 
robbina lamunqolibun. Allohumma, antas sohibu fis safar, val xolifatu fil ahl.
Allohumma, atvi lanal arzo va havvin ‘alaynas safar. Allohumma, inna na’uzu bika min 
vu’asais safar val huru ba’dal kur va kaabatil munqolibi va suil manzar fil ahli va mali 
val valad“, deb aytar edilar. 
890. Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: “Ahlingiz bilan turmush qurayotganingizda unga ikki 
rak’at namoz o‘qishni buyuring, so‘ng uning boshini ushlab, ey Parvardigor, menga 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
335
ahlimni barkotli qil. Ahlimga meni barakotli qil va mendan uni rizqlantir va undan meni 
rizqlantir. Bizlarning oramizga yaxshilikni jam qil”, deb ayting”.
Ja’far ibn Muhammad (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa bilan balolanib, to‘rt narsadan 
g‘aflatda qolgan kishiga hayronman: 
G‘am bilan balolanib, 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin