Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
337
“Assomu alayka” (ya’ni, senga o‘lim bo‘lsin ), deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Va
alaykum” dedilar. Oyisha onamiz (r.a.) shunda: “Sizlarga o‘lim va la’nat bo‘lsin”, dedilar.
Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey Oyisha, Alloh taolo har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi”
dedilar. Oyisha onamiz: “ Axir ular nima deyishganini eshitmadingizmi?” deb aytdilar.
Nabiy (s.a.v.): “Va alaykum” (Ya’ni sizlarga ham) dedim-ku”, dedilar.
894. Oyisha onamizga (r.a.) Payg‘amar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Oyisha, kimga hilmdan
nasiba berilsa, albatta, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi. Kim
hilm nasibasidan
mahrum etilsa, dunyo va oxirat yaxshiligidagi nasibasidan mahrum bo‘libdi”.
895. Said ibn Musayyabdan (r.a.)rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Aqlning
boshi Allohga bo‘lgan iymondan keyin odamlar bilan murosai madora qilish va ularga
muhabbatli bo‘lishdir. Kishi kengash maslahatdan halok bo‘lmaydi. Kishi o‘zining
fikri
bilan kifoyalansa, baxtli bo‘lolmaydi. Agar Alloh bandaning halok bo‘lishini xohlasa,
avvalo uning fikri buziladi. Albatta, dunyoda yaxshilik ahllari bo‘lganlar
oxiratda ham
yaxshilik egalaridir. Dunyodagi yomon ish egalari bo‘lganlar, oxiratda ham yomonlik
egalaridir”.
896. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh
taolo
rafiqdir (ya’ni, muloyimdir) va rafiqlikni yaxshi ko‘radi. G‘azab bilan olinmagan narsa
muloyimlik bilan olinadi.
897. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar Alloh taolo
uy ahliga yaxshilikni xohlasa,
ularga yumshoqlikni kirgizadi. Agar yumshoqlik xulq bo‘lsa, odamlar undan yaxshiroq
xulqni ko‘rmaydilar. Agar bema’nilik xulq bo‘lsa, odamlar
undan yomonrq xulqni
ko‘rmaydilar».
898.Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Men bir katta tuyaning ustida edim. Tezroq yursin
deb uni ura boshladim”. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: “Ey Oyisha, yumshoq bo‘l,
chunki
qaysi narsada yumshoqlik bo‘lsa, uni ziynatlaydi va qaysi narsada bo‘lmasa, u badnom
bo‘ladi”, dedilar.
899. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Ushbu:
Dostları ilə paylaş: