Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Qachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa”



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə372/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Qachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa”
oyati tushganida, Payg‘ambar 
(s.a.v.) kasal edilar. Payshanba kuni odamlar oldiga chiqmoqchi bo‘ldilar. Boshlarini 
bog‘ich bilan bog‘lab olgan edilar. So‘ngra minbarga ko‘tarildilar. Ranglari sarg‘aygan, 
ko‘zlarida yosh bor edi. Keyin Bilolni chaqirib, Madina ahlini vasiyatlarini eshittirishlari 
uchun jam qilishga buyurdilar. Zero, u Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari edi. 
Bilol Madina ahlini chaqirganida, ularning katta-yu kichik hammasi yig‘ildi. Uydagilar 
uylarini, bozordagilar bozorlarini tashlab kelishdi. Hatto unashtirilgan qizlar 
Payg‘ambarning (s.a.v.) vasiyatlarini eshitish uchun chiqishdi. Masjid yig‘ilganlarga torlik 
qildi.. Payg‘ambar (s.a.v): “Orqadagilarni ham sig‘diringlar”, dedilar. U zot (s.a.v.) 
yig‘lab turardilar. So‘ng: 
“Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”
, dedilar va Allohga 
hamdu sano o‘qidilar, payg‘ambarlarga va jumladan o‘zlariga ham salovat yo‘lladilar. 
Keyin aytdilar: “Men Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim al-arabiy al-
xaramiy al-makkiyman. Mendan keyin payg‘ambar yo‘qdir. 
Ey odamlar, bilinglar, mening jonim uzilish arafasida, dunyodan ayrilish vaqtim keldi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
338
Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar 
deydilar, Allohim, salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan 
hukmlarida nima halol va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan 
saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini 
harom denglar. Mutashobih oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan 
oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar”. 
Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: “Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin”, 
dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: “Ey odamlar, Alloh taolodan uzoq, 
xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan 
saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar. 
Chunki u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi? 
Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring 
borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham 
yediringlar va kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga 
buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht, qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar, 
kim ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning 
hokimidir. Xotinlaringiz xususida ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar. 
Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum 
etadi.... Yetkazdimmi? 
Ey odamlar, o‘zlaringni va ahllaringni do‘zaxdan saqlanglar. Ularga ilm va odob 
beringlar. Chunki ular sizlarga yordam beruvchi va omonatdirlar... Yetkazdimmi? 
Ey odamlar, ishlaringizdagi boshliqlarga itoat qilinglar, ularga osiy bo‘lmanglar. Agar-chi 
u biror a’zosi kesilgan habash qul bo‘lsa ham. Chunki kim ularga itoat qilsa, menga itoat 
qilibdi. Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdi. Kim ularga isyon qilsa, menga isyon 
qilibdi. Kim menga isyon qilsa, Allohga osiy bo‘libdi. Ogoh bo‘linglar, ularga qarshi 
chiqmanglar. Ularning ahdlarini buzmanglar.... Yetkazdimmi? 
Ey odamlar, mening ahlimni yaxshi ko‘ringlar, Qur’onni ko‘targanlarni yaxshi ko‘ringlar, 
olimlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Ularga hasad etmanglar, g‘azab qilmanglar, ta’na toshi 
otmanglar. Ogoh bo‘linglar, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘ribdi. Kim meni 
yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘ribdi. Kim ularga g‘azab qilsa, menga g‘azab qilibdi. Kim 
menga g‘azab qilsa, Allohga g‘azab qilibdi... Yetkazdimmi? 
Ey odamlar, besh vaqt namozni tahoratini chiroyli olib, ruku’ va sajdalarini maromiga 
yetkazib o‘qinglar. Ey odamlar, mollaringizning zakotlarini ado qilinglar. Ogoh bo‘linglar! 
Kim zakotni ado etmasa, uning uchun namoz yo‘qdir. Ogoh bo‘linglar! Kimda namoz 
bo‘lmasa, unda din, ro‘za, haj va jihod ham yo‘q. Ey Parvardigor, yetkazdimmi? 
Ey odamlar! Kim yo‘lga qodir bo‘lsa, o‘sha kishiga Alloh taolo hajni farz qildi. Kim haj 
qilmasa, xohlagan holatida, yahudiy bo‘libmi, nasroniy yo majusiy bo‘libmi, o‘lsin. Faqat 
bir kasallik bilan og‘rigan yoki zolim podshoh uni man’ qilgani tufayli (haj qilolmasa) u 
uzrlidir. Ogoh bo‘linglar, qodir bo‘la turib, haj qilmaganlar uchun shafoatim yo‘q va 
havzimga yetolmaydi. Yetkazdimmi? 
Ey odamlar! Alloh taolo sizlarni qiyomat kuni bitta katta tepalikda jam qiladi. U kun og‘ir 
kundir. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin