“Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (o‘z jonimga) jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim” , degan oyatni o‘qimaganidan
ajablanaman, chunki Alloh taolo:
“Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga shunday najot berurmiz (Anbiyo, 87 – 88-oyatlar), deb aytgan;
yomon narsadan qo‘rqib, menga Allohning o‘zi kifoya qiladi va u qanday yaxshi vakildir,
deb aytmaganiga hayron bo‘laman, chunki Alloh taolo:
“Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning roziligini istaydilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir” (Oli Imron, 174-oyat), deb aytgan;
odamlarning hiyla makridan qo‘rqsa-da,
“Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir” , degan oyatni o‘qimaganiga hayronman, chunki Alloh taolo aytadi:
“Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-hiylalaridan saqladi va Fir’avn xonadonini yomon azob o‘rab oldi” (G‘ofir, 44 – 45);
jannatga rag‘bat qilaturib,
“Alloh xohlagan narsagina (bo‘lur), bor kuch-quvvat yolg‘iz Alloh bilandir”, oyatini o‘qimaganga ajablanaman, holbuki, Alloh taolo aytadi:
“Shoyadki, Parvardigorim menga sening bog‘ingdan yaxshiroq (bir bog‘) ato etar” (Kahf, 39 – 40-oyatlar)“.
891. Qatoda aytadilar: “Bizlarga zikr qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir
kishi: “Ey Parvardigor, meni oxiratda azoblaydigan bo‘lsang, uni shu dunyoda bera qol”,
deb aytardi. So‘ng u kishi kasal bo‘ldi. Holdan toyib, erta-indin o‘ladigandek bo‘lib qoldi.
Payg‘ambarga (s.a.v.) u haqda xabar berishdi. U zot kelib uning boshini ko‘tardilar. U
hushsiz edi. So‘ngra aytishdi: “Ey Rosulylloh, bu odam shu-shu duoni o‘qirdi”.
Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Ey odam farzandi, sen Alloh taoloning azobini
ko‘tarishga qodir emassan, shuning uchun “Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham
yaxshilik ato et va bizni do‘zax azobidan asra”, deb ayt”. U kishi shunday duo qildi va
sog‘ayib ketdi”.
Zikr qilinishicha, Utba G‘ulom vafot etganida bir kishi uni tushida ko‘rib: “Rabbing seni
nima qildi?” deb so‘rabdi. “O‘qib yurgan duolarim sababli Alloh meni kechirdi. U devorda
yozilgan”, debdi Utba. Kishi uyg‘onib devorga qarasa, uning xati bilan yozilgan duoni
ko‘ribdi: “Ey Parvardigor, ey namozxonlarning hidoyatchisi, ey gunohkorlarga rahm
qilguchi, ey gunohkorlarning gunohini kechiruvchi! Bu katta xatardan bandangga va
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy