Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
332
“Allohummag‘firliy varhamniy vahdiniy varzuqniy va’finiy” (Allohim,
meni kechir, menga
rahm qil, hidoyat et, meni rizqlantir, menga ofiyat ber), deb ayt”, dedilar. A’robiy
boshqa qo‘li
bilan yana beshtani sanadi, so‘ng jo‘nab ketdi”. Payg‘ambar (s.a.v.)
shunda: “A’robiy agar aytganlariga vafo qilsa, qo‘llarini yaxshilikka to‘ldirdi”, dedilar.
Faqih aytadilar: “Qur’ondan yetarlisini o‘rgating”, degan so‘zi, Qur’ondan namozda
o‘qiladigan miqdordagisini bilishni istaganidir. Albatta, har bir kishi shu miqdorda bilishi
lozim. Agar keragini bilqsa va o‘sha
kalimalardan istifoda qilsa, Qur’on o‘qigan kishining
fazilatini topishiga umid qilinadi.
876. Usmon ibn Abu Os aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) oldimga kelganlarida menda
qattiq og‘riq bor edi, o‘lar holatda edim. Payg‘ambar (s.a.v.): “O‘ng qo‘ling bilan yetti
marta “A’uzu bi’izzatillahi va qudratihi min sharri ma ajidu va uhaziru” (Allohning izzati
va qudrati bilan menga yetgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman va
saqlanaman), deb og‘riq yeringni sila”, dedilar. Men shunday qildim. Alloh taolo og‘riqni
ketkazdi“.
Ato (r.a.) aytadilar: “Kim o‘n ikki rak’at namozni xayoli chalg‘imasdan o‘qisa
va uning
oxirida Fotiha surasini bilan Oyatul kursiyni yetti martadan o‘qisa va “La-a ilaha
illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd va huva ‘ala kulli shay`in
qodir”, deb o‘n marta aytsa va sajda qilib, “Allohumma, inniy as`aluka bima’aqidil ‘izzi
men ‘arishka va muntahar rohmati min kitabika va bismikal a’zomi va jaddikal a’la va
kalimatikat tammat”, deb aytsa, so‘ngra
duo qilsa, mustajob bo‘ladi”.
877. Maymuna binti Sa’d aytadilar (u ayol Payg‘ambarimizga xodima edi): “Payg‘ambar
(s.a.v.) Salmon namozidan keyin duo qilayotganlarida o‘tib qoldilar. Shunda u zot
(s.a.v.) aytdilar: “Ey Salmon, sening Allohga hojating bormi?” “Ha, ey Rasululloh, bor”,
dedilar Salmon. “Rabbingga duo qilishdan oldin sano ayt, Alloh o‘zini sifatlagandek
sifatla, tasbeh, tahmid va tahlil ayt”, dedilar Nabiy. Salmon: “Sanoni
qanday aytaman,
ey Rasululloh?” deb so‘radilar. “Fotiha surasini o‘qi. Chunki u Alloh taologa sanodir”.
Salmon: “Qanday qilib Uni sifatlayman?” deb so‘radilar so‘ng. “Ixlos surasini uch marta
o‘qi. Chunki u Allohning sifati va u bilan o‘zini sifatlagan”, deb javob qildilar Nabiy
(s.a.v.). Solmon keyin: “Qanday qilib tasbeh aytaman?” dedilar. Nabiy aytdilar:
“Subhonallohi valhamdu lillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar”, deb ayt, so‘ngra
hojatingni so‘ra“.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kim namozidan keyin: “Astag‘firullohal ‘aziym
allaziy la-a ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayhi”, deb uch marta aytsa,
Alloh
taolo uning gunohalarini dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechiradi”.
Faqih aytadilar: “Istig‘for qalbdagi pushaymonlik bilan birga bo‘lishi kerak”.
Hasan ibn Ali (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) aytadilar: “Kim yigirmata oyat o‘qisa,
shaytonning yomonligidan, zolim sultondan, dushman o‘g‘ridan, yirtqich maxluqning
zarar berishidan saqlanishiga men kafilman”.
U oyatlar Oyatul kursiy va A’rof surasining 54 – 56-oyatlari, Soffat surasining avvalgi o‘n
oyati, Ar-rohman surasining 33 – 35-oyatlari, Hashr surasining oxiridagi uch oyatdir.