Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
358
Abu Zarr aytadilar: “So‘ng odamlar yig‘ildi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarga baxil
kishi kim ekanini aytib berayinmi?” “Ha”, deyishdi. “Men
zikr qilinsam, menga salovot
aytmagan kishi”, dedilar Nabiy (s.a.v.)
942. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga
chiqqanlarida, munofiqlardan ba’zilari u zotga ergashdilar, ammo bir-ikki kishi qolib
ketgan edi. Odamlar: “Ey
Rasululloh, falonchi qolib ketdi”, deyishdi. Nabiy: “Uni
qo‘yaveringlar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh taolo yaqinda sizlarga uni ro‘para qiladi.
Agar boshqa bo‘lsa, Alloh taolo sizlarni undan ozod qilibdi”, dedilar. So‘ng: “Ey
Rasululloh, Abu Zarr ham qolib ketdi”, deyishdi. “Uni qo‘yinglar, agar unda yaxshilik
bo‘lsa, Alloh sizlarni yaqinda u bilan uchrashtiradi”, dedilar Nabiy.
Abu Zarr (r.a.) orqada qolib ketgan edi. Chunki uning tuyasi sekin yurardi. Juda
sekinlashib qolganida, nar salarini yelkasiga tashlab, Payg‘ambar (s.a.v.)
izlaridan
ergashdilar. Piyoda, orqasida yuki bilan kunning qattiq issig‘ida bir o‘zi kelardi. Odamlar:
“Ey Rasulluoh, bir piyoda kishi kelyapti”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Abu Zarr
bo‘lsin-da”, deb qo‘ydilar. Odamlar unga qarab turishardi. Yaqin kelganida: “Ey
Rasululloh, Allohga qasamki, bu Abu Zarr (r.a.) ekan”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.)
ko‘zlari yoshga to‘ldi va: “Abu Zarrni Alloh rahmat qilsin. Bir o‘zi yuradi, bir o‘zi o‘ladi,
yakka holatda tiriladi”, dedilar”.
943. Muhammad ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Abu Zarr (r.a.) Usmon (r.a.) zamonlarida
Rabzaga bordilar va shu yerda vafot etdilar. U kishining yonida
xotini va xizmatkoridan
boshqa hech kim yo‘q edi. U ikkisiga jasadlarini yuvib kafanlashni, so‘ng yo‘l chetiga
qo‘yishni va kim birinchi o‘tsa, dafn etishga yordam beringlar,
deb aytishni vasiyat
qildilar. U yerdan Ibn Mas’ud o‘tdilar. Va yig‘lab yubordilar. So‘ng: “Payg‘ambar (s.a.v.):
“ Yakka yurasan, yakka o‘lasan va yakka tirilasan”, deb to‘g‘ri aytganlar”, dedilar. Keyin
Abu Zarrni dafn qildilar va yo‘llariga ketdilar. Yonidagilarga Tabuk yurishidagi
Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisni gapirib berdilar”.
944.
Iyos ibn Salama otasidan, u kishi Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qiladilar:
“Payg‘ambar (s.a.v.): “Mendan keyin senga balo keladi”, dedilar. “Alloh yo‘lidami?” deb
so‘radim. “Alloh yo‘lida”, dedilar. “Marhabo, Allohning amri”, dedim. “Abu Zarr, garchi
qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil”, dedilar Nabiy (s.a.v.).
Payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlaridan keyin Abu Bakr (r.a.) Abu Zarrni chaqirdilar. U
kishi salom berdmlvr, so‘ng yig‘ladilar. Abu Bakr (r.a.): “Men Payg‘ambarning (s.a.v.)
sen haqingda so‘zlaganlarini eshitganman. Senga yetadigan balo mening sababimdan
yoki mening zamonimda bo‘lishidan Allohdan panoh tilayman”, dedilar. Abu Bakr (r.a.)
vafot etganlaridan so‘ng Umar (r.a.) xalifa bo‘ldilar. U
kishi ham Abu Zarrni chaqirib,
unga yaxshi gaplar aytdilar. So‘ng: “Men Payg‘ambarning (s.a.v) senga aytgan gaplarini
eshitganman. Senga men sababli yoki mening zamonimda balo yetishidan Allohdan
panoh so‘rayman”, dedilar. Umar (r.a.) vafot etganlardan so‘ng Usmon (r.a.) xalifa
bo‘ldilar. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Men Usmonning (r.a.) oldlarida o‘tirgan
edim. Abu Zarr kirishga ruxsat so‘radi. Men: “Ey Mo‘minlarning amiri,
Abu Zarr ruxsat
so‘rayapti”, dedim. “Agar xohlasang ruxsat ber”, dedilar. Men u kishiga izn berdim, kirib
o‘tirdilar. Usmon (r.a.) shunda unga: “Sen Abu Bakr va Umardan (r.a.) o‘zingni
yaxshiman, deb, o‘ylarkansan”, dedilar. Abu Zarr: “Bu gapni aytmaganman”, deb javob
berdilar. Usmon (r.a.) aytdilar: “Men senga hujjat keltiraman”. Abu Zarr: “Alloh
yuzingizni nurlantirsin. Men sizdagi hujjatni bilmayman
ammo nima deb aytganimni