Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
357
SAKSON YETTINCHI BOB
ABU ZARR G‘IFORIY (R.A.) HADISLARI
940. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: “Masjidga kirganimda Payg‘ambar (s.a.v.) yolg‘iz
o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) faqat vahiy tushayotganida
yoki biror ish uchun
shunday yakka o‘tiradilar, deb o‘yladim. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Menga yaqinroq
o‘tir, ey Jondab”. U kishi bilan yolg‘iz qolganimni g‘animat bilib, yaqinroq o‘tirdim.
So‘ngra aytdimki: “Ey Rasululloh, bizga tahoratni buyurdingiz. Tahorat nima o‘zi?” “Ey
Abu Zarr, – dedilar, – namoz tahoratsiz durust emas. Tahorat oldingi gunohlarga
kafforat bo‘ladi”. Aytdim: “Ey
Allohning elchisi, bizlarni namozga buyurdingiz. Namoz
nima?” “Namoz buyurilgan ishlarning yaxshisidir. Banda xohlasa kamaytirsin, hohlasa,
ko‘paytirsin”, dedilar Nabiy. So‘ng aytdim: “Ey Allohning elchisi, bizga zakotni
buyurdingiz, zakot nima?” “Ey Abu Zarr, – dedilar, – omonatdor bo‘lmaganning iymoni
yo‘q. Zakotni ado qilmaganning namozi yo‘q. Alloh taolo boylarga mollaridan
kambag‘allarning hojatlariga yarashasini zakot qilib chiqarishni farz etdi. Alloh taolo
boylardan zakot haqida so‘raydi va ado qilmaganlari uchun ularni azoblaydi.
Ey Abu
Zarr, zakot berish bilan mol kamaymaydi. Mol qurg‘oqchilik yoki sel sababidan emas,
faqat zakotni man’ qilish sababidan zoe’ bo‘ladi. Ey Abu Zarr, faqat mo‘mingina molining
zakotini chin ko‘ngildan ado etadi va mushrikkina zakotni man’ qiladi”. Keyin: “Ey
Allohning rasuli, bizlarni ro‘zaga buyurdingiz, ro‘za nima?” deb so‘radim. Aytdilar: “Ro‘za
qalqon, Allohning huzurida mukofotdir. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor:
biri iftor
qilganidagi xursandchiligi, yana biri Rabbiga yo‘liqqanidagi xursandchiligi. Ro‘zadorning
og‘zidan keladigan hid Allohning nazdida mushkning hididan ham yaxshiroqdir. Qiyomat
kunida insonlar uchun dastuxon yoziladi. Undan birinchi bo‘lib ro‘zadorlar yeydilar”.
So‘ngra: “Ey Allohning rasuli,
bizni sabrga buyurdingiz, u nima?” deb so‘radim.
“Sabrning misoli xaltasida mushk solingan kishi kabidir. U odamlar ichida bo‘lgan
paytida hamma uning hidi kelib turishini yoqtiradi”, dedilar Nabiy. “Ey Allohning rasuli, –
dedim keyin, – bizlarni sadaqaga buyurdingiz, u nima?” Aytdilar: “Ofarin, ey Abu Zarr,
maxfiy qilingan sadaqa Parvardigorning g‘azabini ketkazadi.
Oshkor qilingan saqada
sohibidan yetti yuzta yomonlikni o‘chiradi. Sadaqa xatolarni yuvadi.
941. Abu Zarr rivoyat qiladilar: “Masjidga kirsam, Payg‘ambarning (s.a.v.) o‘zlari
o‘tirgan ekanlar. U kishi yolg‘iz paytlarida foydalanib qolay dedim. Ammo band qilib
qo‘ymay, deb ham o‘yladim. Oxiri oldlariga kelishga qaror qildim. Kelib salom berdim. U
zotning huzurlarida o‘tirdim. Menga gapirmadilar, o‘tirishim og‘ir botgan bo‘lsa kerak,
deb o‘yladim. So‘ng: “Ey Abu Zarr, ikki rak’at namoz o‘qidingmi? dedilar. “Yo‘q,
o‘qimadim”, dedim. Aytdilar: “Turib rak’at namoz o‘qi. Har narsaning salomi bo‘ladi.
Masjidning salomi ikki rak’at namoz o‘qishdir”. Turib ikki rak’at namoz o‘qidim. So‘ng
kelib, u kishining oldlarida uzoq o‘tirdim. So‘ng u zot: “Ey Abu Zarr, toshbo‘ron
qilingan
shaytondan Alloh taolodan panoh so‘ra, inson va jin shaytonlaridan ham (panoh so‘ra)”,
dedilar. “Ey Rasululloh, insonlarning ham shaytonlari bo‘ladimi?” deb so‘radim. “Alloh
taoloning:
Dostları ilə paylaş: