www.ziyouz.com kutubxonasi
378
yana bir oz siljidi. Uchinchisi aytdi: “Allohim, bilasanki, men yollanma ishchilarni ijaraga
olgan edim. Har kishi ikki mud ovqatga ishlar edi. Ularning haqqini to‘la qilib berar edim.
Bittasi: “Mening ishim ko‘p, shuning uchun haqimni ham ko‘paytirib ber”, dedi. Men
ko‘nmadim, uning achchig‘i chiqdi. (Bir rivoyatda: “Boshqa kishi kunning yarmida kelib,
bir kunlik ish qildi. Uning haqini kamaytirgim kelmadi. Shunda ishchilardan bir kishi:
“Men kunning avvalida keldim, u o‘rtasida keldi. Bizning haqqimizni teng qilib
berasanmi?” dedi. Men: “Haqingdan biror narsani kamaytirdimmi?” dedim. Keyin u
g‘azablanib, haqini tashlab ketdi”, deyiladi.) Men uning haqqini saqlab qo‘ydim. Ekdim,
foydasiga sigir, qo‘y, tuya va boshqa narsalar oldim. Shundan so‘ng u nochor qolgan
vaqtda mendan haqqini so‘rab keldi. Men: “Mana, bularning hammasi seniki, ol”, dedim.
Allohim, bu ishimni Sening rizoliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu tanglikni
ko‘targin”. Shunda g‘or og‘zidagi tosh yana siljidi. Ular chiqib ketishdi.
961. Faqih Abu Lays Samarqindiy ustozlaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: “Bani Isroilda bir ibodatli odam bor edi. U juda husnli edi. Savat to‘qib,
qishloqlarda yurib sotardi. Bir kuni saroyning yonidan o‘tib qoldi. Shunda uni malikaning
cho‘risi ko‘rib qoldi va bekasiga: “Men eshik oldida savat sotib yurgan juda chiroyli
kishini ko‘rdim. Bunaqasini hali ko‘rganim yo‘q”, dedi. Maliki: “Uni oldimga olib kir”, deb
buyurdi. Cho‘ri obidni boshlab keldi. Malika obidni ko‘rib, uning husni jamoli asiriga
aylandi. Shunda malika: “Sen bu savatlaringni tashla. Mana bu chiroyli to‘nni ol”, dedi.
So‘ng cho‘risiga qarab: “Menga yog‘ va xushbo‘ylik keltir. Biz u bilan ehtiyojimizni
qondiramiz, u ham bizning hojatimizni chiqaradi”, deb aytdi. Keyin yana obidga
yuzlanib: “Agar men bilan birga bo‘lsang, senga ko‘p pul beraman, savat sotib
yurishingga hojat qolmaydi”, dedi. Obid malikaga: “Men bu ishni xohlamayman”, deb bir
necha marta aytdi. Shunda Malika: “Unda bu yerdan chiqolmaysan. Biz xohlagan ishni
qilasan, keyin tashqariga chiqasan”, dedi va cho‘riga eshiklarni qulflashni buyurdi. Cho‘ri
eshiklarni qulfladi. Bu ishlarni ko‘rib turgan obid: “Sizlarning qasringiz ning tepasida
tahoratxona bormi, men tahorat qilmoqchiman?” dedi. Malika cho‘risiga uni tahorat
qilish uchun tepaga olib chiqishni buyurdi. Obid teppaga chiqqach, tomning chekkasiga
keldi. Qasr juda baland, bu yerdan pastga tushish uchun hech narsa yo‘q edi. Obid
nafsini avray boshladi: “Ey nafsim, kechayu kunduz haris bo‘lib, yetmish yildan beri
ulug‘ rabbingning rizoligini axtarasan. Mana bu bir marotaba bo‘ladigan maishat esa,
yetmish yillik ibodatlaringni bekor qilib yuboradi. Agar yana unga ro‘baro‘ keladigan
bo‘lsang, u ishni qilmasliging kerak. Qilsang, amallaring bekor bo‘ladi. Yaxshisi o‘zingni
mana bu tomdan tashla. Shunda Allohga bu gunohni qilmasdan, yaxshi amaling bilan
yo‘qliqasan”, dedi. Keyin u o‘zini qasr tepasidan tashlamoqchi bo‘lib turganida, Alloh
taolo Jabroilga (alayhissalom): “Ey Jabroil, bu bandam Mening g‘azabimdan, Menga osiy
bo‘lishdan qochib, o‘zini o‘ldirishni xohlayapti. Sen uni yerga tushmasidan qanoting bilan
ushlab qol. Unga biror ziyon yetmasin”, dedi.
Obid o‘zini qasr tepasidan tashlaganida, Jabroil (alayhissalom) qanotini uning tagiga
yozdi va uni ushlab olib, xuddi ota o‘g‘lini yerga ehtiyotlab qo‘yganidek, oxista tushirdi.
Xullas, u pastga eson-omon tushib olib, uyiga keldi. Savatlari saroyda qoldi. Bu vaqtda
quyosh botgan edi. Obidning xotini: “Savatlarning puli qani?” deb so‘radi. Shunda u
aytdi: “Bugun men savat sotib, pul topolmadim”. “Unda nima bilan iftorlik qilamiz?” dedi
xotini. Obid: “Sabr qilamiz, sen turib tandirni o‘tin bilan to‘ldir. Qo‘shnilarimiz
tandirimizga o‘tin solinmaganini ko‘rishsa, bularning uyida yegulik narsasi yo‘q ekan,
deb bizni o‘ylab, xafa bo‘lishadi. Bu narsa yaxshi emas”, dedi. Xotin obidning aytganini
qilib, tandirni o‘tin bilan to‘ldirdi-da, erining oldiga kelib o‘tirdi. Shunda qo‘shni
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy