Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə419/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
380
kishining maqomi qanday ham past”, deb nido qilayotganida topdi. Said unga: “Nima 
uchun bunday yuribsan?” dedi. Sa’laba: “Qulning qo‘lini bo‘yniga bog‘lab, xo‘jayinining 
eshigiga haydab borilganidek, meni ham haydab bormagunlaricha, sen bilan birga 
turolmayman”, dedi. Bas, shunday qilindi. 
Sa’labaning Xamsona ismli qizi bo‘lib, shu qizi uni boshlab ketdi. U Umarning (r.a.) 
eshiklaridan kirdi va: “Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib 
qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Umar (r.a.): “Chiq huzurimdan, hozir turib
urib yuborishim mumkin, chiq huzurimdan, senga bu yerda tavba yo‘q”, dedilar. 
So‘ng chiqib, Abu Bakrning (r.a.) eshiklariga bordi. “Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan 
birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim. Men uchun tavba bormi?” deb so‘radi. Abu Bakr 
Siddiq (r.a.): “Huzurimdan chiq, oloving bilan meni ham kuydirma, mening huzurimda 
sen uchun hech qachon tavba yo‘q”, dedilar. 
U kishining oldilaridan chiqib, Alining (r.a.) oldilariga bordi. Va: “Alloh yo‘lidagi g‘oziy 
birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Ali (r.a.): “Chiq 
mening huzurimdan, sen uchun hech qanday tavba yo‘q”, dedilar. U kishining 
huzurlaridan chiqarkan, Sa’laba: “Ey birodarim, ey qizim, ana u kishilar meni noumid 
qilishdi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) noumid qilmaydilar, degan fikrdaman”, dedi. Sa’laba 
qizi bilan birga Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi. Huzurlariga kirishganda, 
Rasululloh (s.a.v.) unga qarab: “Sen menga jahannamning zanjir va kishanlarini 
eslatding”, dedilar. Sa’laba: “Ey Nabiyyulloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh yo‘lida 
g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. 
Nabiy (s.a.v.): “Huzurimdan chiq, mening huzurimda senga tavba yo‘q”, dedilar. Va u 
chiqib ketdi. 
Sa’labaning qizi aytdi: “Ey otajon, Rasululloh (s.a.v.) va u kishining ashoblari sizdan rozi 
bo‘lmagunlaricha, siz mening otam emassiz, men sizning qizingizmasman”. 
Sa’laba toqqa qochgandagiday, ovozining boricha nido qildi: “Yo Rabb, Umarga bordim, 
meni urmoqchi bo‘ldi. Abu Bakrga bordim, so‘kdi. Aliga bordim, haydadi. Nabiyga 
(s.a.v.) bordim, meni noumid qildilar. Ey Mavloyim, Sen mening duoimga “Ha”, 
deyishing ham mumkin, “Yo‘q”, deyishing ham mumkin. Agar, yo‘q, desang, qanday 
ham hasrat, nadomat. Agar, ha, desang, menga qanday baxt”, 
Osmondan bir farishta tushib, Nabiyga (s.a.v.) aytdi: “Alloh taolo: “Maxluqlarni sen 
yaratdingmi yoki Men?” deyapti” Nabiy aytdilar: “Yo‘q, Sayyidim, Sen yaratgansan”. 
Farishta: “Alloh taolo: “Bandamga bashorat ber, Men uni mag‘firat qildim”, deyapti”, 
dedi. Nabiy (s.a.v.): “Kim Sa’labani olib keladi?” dedilar. Abu Bakr va Umar (r.a.) 
aytishdi: “Biz olib kelamiz”. Salmon va Ali (r.a.): “Biz uni olib kelamiz”, deyishdi. Nabiy 
(s.a.v.) Salmon bilan Aliga (r.a.) izn berdilar, ular chiqib ketishdi. 
Ular yo‘lda Madinaning bir cho‘poniga yo‘liqishdi. Ali (r.a.): “Rasulullohning (s.a.v.) 
ashoblaridan biror kishini ko‘rdingmi?” dedilar. Cho‘pon dedi: “Sizlar jahannamdan 
qochuvchi kishini qidirayotgan bo‘lsangiz kerak?” Ular: “Ha, bizga uning joyini ko‘rsat”, 
deyishdi. Cho‘pon: “Qorong‘u tushgan paytda ushbu vodiyda hozir bo‘lib, mana bu 
daraxt ostiga keladi. So‘ng baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi 
qanday ham past”, deb nido qiladi”, dedi. 
Ular kechqurungucha turishdi. Shunda Sa’laba daraxt oldiga keldi. Uning ostida sajda 
qilgan holatida tiz cho‘kib, yig‘lay boshladi. Vaqtiki, Salmon uning yig‘isini 
eshitganlarida, u tomonga yurdilar. Unga: “Ey Sa’laba, tur, olamlarning Rabbi seni 
mag‘firat qildi”, dedilar. U: “Habibim Nabiyni (s.a.v.) qay holatda tark qildinglar?” dedi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin