Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə421/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz 
Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom 
etmaydigan kishilardir”
, jumlasidan: 
“Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!”
jumlasigacha 
HIKOYAT
Faqih otalaridan rivoyat qiladilar. Ahnaf ibn Qays aytadilar: “Umar ibn Xattobni (r.a.) 
qidirib Madinaga keldim. Bir halqada o‘tirgan paytimda Ka’bul Ahbor odamlarga: 
“Vaqtiki, Odamga (a.s.) o‘lim hozir bo‘lganida aytdi: “Ey Rabbi, meni o‘lik holda 
ko‘rganida, dushmanim meni so‘kadi, unga ma’lum vaqtgacha muhlat berilgandir”. U 
kishiga: “Ey Odam, albatta, sen jannatga qaytarilasan, mal’un esa, avvalgilaru 
oxirgilarning adadicha o‘lim alamini totish ligi uchun belgilangan muhlatgacha 
kechiktiriladi”, deyildi. So‘ng Odam (a.s.) o‘lim farishtasiga aytdilar: “Menga uning 
o‘limini sifatlab ber”. Sifatlab berganida, Odam: “Rabb, yetadi, yetadi”, dedilar. 
Insonlar qichqirishib: “Ey Abu Ishoq, Alloh rahm qilsin sizga qanday o‘lim totishligini 
bizga aytib bering”, deyishdi. U kishi gapirishdan bosh tortdilar. Odamlar undan talab 
qilishdi. U kishi: “Agar dunyo oxirlasa, so‘nggi nafas yaqinlashganda va odamlar 
bozorlarda bir-birlari bilan husumatlashib, birga tijorat qilib, gaplashib turganlarida, 
katta bir buzg‘unchi dovul ko‘tariladi, odamlarning yarmi karaxt bo‘lib, behush bo‘lib 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
382
qoladilar. Uch kun miqdoricha ushbu holatdan omonda bo‘lmaydilar. Insonlarning qolgan 
yarmisi esa, aqlidan ozadilar. Yirtqichni ko‘rganda, qo‘y qanday qo‘rqsa, ular xuddi 
shunday holatda dahshat ichida tik turib qoladilar. Shu paytda yer va osmon o‘rtasida 
kuchli chaqmoq tovushidek, qo‘rqinchli shovqin ko‘tariladi. Yer yuzida birorta ham tirik 
odam, jin, shayton, hayvon qolmaydi. Mana shu Alloh taolo Iblisga bergan ma’lum 
muhlatdir. So‘ng Alloh taolo o‘lim farishtasiga buyurib: “Men senga avvalgilaru oxirgilar 
adadicha yordamchilarni yaratdim. Va senga osmon va yer ahlining quvvatini ato etdim. 
Bugun senga g‘azab, qahr libosining hammasini kiydiraman. Mening qahru g‘azabim, 
la’natlaganim, toshbo‘ron qilganim - hammasini iblisga olib tush. Unga o‘limni totdir. 
Unga avvalgilaru oxirgi jin va ins adadicha ko‘paytirib, o‘limni yukla. Sen bilan birga 
yetmish ming zaboniya farishtalari birga bo‘lsin. Ular g‘azab va dag‘allik bilan limmo-
limdirlar. Har bir zaboniya bilan birga jahannam zanjirlaridan bir zanjir bo‘lsin. 
Jahannam maxluqlaridan yetmish mingtasi bilan birga iblisning xabis ruhini chiqarib ol. 
Va Molikka nido qilki, u jahannam eshiklarini ochsin”, deydi. 
O‘lim farishtasi shunday bir suratda tushadiki, agar unga yetmish osmon va yetmish yer 
ahli qarasalar, xunukligidan hammalarining yuraklari yorilgan bo‘lur edi. Iblisga yetib 
borganida, bir qattiq siquvga oladi, u karaxt bo‘lib qoladi va bir qattiq tovush chiqaradi, 
agar uni mashriqu mag‘rib eshitganida, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan bo‘lardi. O‘lim 
farishtasi aytadi: “Ey xabis, to‘xta! Bugun senga o‘zing yo‘ldan adashtirganlar 
miqdoricha o‘limni tottiraman. Qancha-qancha umrlarning boshiga yetding. Qancha-
qancha avlodlarni adashtirding. Bu Alloh taolo senga bergan ma’lum muhlatdir. Bas, 
qaerga qochasan?” Shunda shayton mashriqqa qochadi va o‘lim farishtasining 
ro‘parasidan chiqadi. Dengizga tushadi, o‘lim farishtasi uni u yerda ham tutib oladi. 
Shayton yer yuzida qochishga joy topolmay qoladi. 
So‘ng dunyoning o‘rtasida, Odamning (a.s.) qabrlari yonida turadi va: “Sening 
sababingdan mal’un, razilga aylandim, koshki edi, sen yaratilmagan bo‘lsang”, deydi. 
Keyin o‘lim farishtasiga aytadi: “Qaysi azob bilan ruhimni olasan?” “Jahannam ahlining 
azobi bilan”, deydi o‘lim farishtasi. Iblis yana bir marta o‘zini tuproqqa otadi va 
qichqiradi. Mag‘ribu mashriq o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa qochadi. Oxiri o‘sha birinchi 
marta la’natga uchragan mavze’ga kelganida, jahannam zaboniyalari, maxluqlari - 
hammasi unga tashlanadilar. Mana shu azobda Alloh xohlagan muddatgacha qoladi. 
Odam va Havvoga aytiladi: “Bugun sizlar dushmaningizga qarab, uning qanday o‘lim 
azobini tortayotganini ko‘ringlar”, Vaqtiki, ular iblisga qaraganlarida, uning qiynalishini 
ko‘rib: “Rabbimiz, bizga batahqiq ne’matingni mukammal qilding”, deydilar”, dedilar. 
HIKOYAT
962. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Agar rohib 
Jurayj faqih bo‘lganida, onasining chaqirig‘i nafl ibodatidan afzal ekanini bilardi”, dedilar. 
Faqih Jurayj qissasini shunday boshlaydilar: Bani isroillik Jurayj kulbasida ibodat qilardi. 
Bir kuni u namoz o‘qiyotganida, onasi uni chaqirdi. Lekin u javob bermadi. Shunda 
onasi: “Alloh seni buzuqlar balosiga solsin”, deb duoibad qildi. 
O‘sha shaharda bir ayol yashardi. Ish bilan ko‘chaga chiqib, bir podachi bilan uchrashdi. 
So‘ng undan homilador bo‘ldi. Shahar ahli zinoni ulug‘ gunoh sanar edi. Ayol tuqqanidan 
keyin, podshoh uni chaqirib, bolani kimdan orttirganini so‘radi. Ayol: “Rohib Jurayj meni 
zo‘rladi”, dedi. Podshoh ayonlarini uning oldiga yubordi. Jurayj ibodatda edi, shuning 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin