www.ziyouz.com kutubxonasi
385
bo‘ldik.
“Tanbehul g‘ofiliyn” tarjimasining birinchi kitobi bosmadan chiqqanidan keyinoq (biz
uchga bo‘lib, nashr etgan bu asar aslida katta bir mujalladdan iboratdir), u haqda iliq-
ijobiy fikrlar bildirila boshladi, shu bilan birga tanqidiy mulohazalar ham yo‘q emas edi.
Va bu holning bo‘lishi tabiiy, albatta. Biz o‘quvchilarimizning har qanday fikrlarini hurmat
qilgan holda ba’zi jihatlarga javob berish o‘tishni lozim ko‘rdik.
Tarjima va muharrirlik ishlaridagi kamchiliklarga bo‘lgan e’tirozlar kitobning keyingi
qismlari nashrida ularni bartaraf etishimizga yordam berdi, buning uchun
o‘quvchilarimizga faqat rahmat aytamiz.
Yana bir e’tiroz bevosita asarning o‘ziga tegishli bo‘lib, unda mavzu’ hadislarning berilishi
haqida edi. Bu borada bahs-munozaraga kirishmoqchi emasmiz. Balki ba’zi fikrlarni
bildirib o‘tmoqchimiz.
Alloma Hofiz ibn Kasirning “Ba’isul hadis” asari sharhida Ahmad Muhammad Shokir
mavzu’ hadis haqida quyidagilarni yozadi: “To‘qilgan xabarlar mavzu’, deyiladi. Ularni
yolg‘onchilar Rasulullohga (s.a.v.) nisbat berishgan. Rivoyatlarning eng yoomndir ular.
Mavzu’ hadisning mavzu’ligini bilgan kishi uni Nabiyga (s.a.v.) mansub eta turib, rivoyat
qilish halol emas, ammo mavzu’ ekanini bayon etgan holatdagina joizdir” (113-114-
betlar). Yana aytiladi: “Rasulullohdan (s.a.v.), deb to‘qilgan hadisni rivoyat qilish
haromdir, lekin uning holatini bayon etsa, zarari yo‘qdir” (114-bet).
Shu fikrlardan kelib chiqib, muallifning haqqiga hiyonat qilinmagan holda tarjimada
mavzu’ hadislar ham berildi, faqat yuqorida aytilgan shart bilan. Barcha hadislar qatori
botil va mavzu’ hadislarning ham izohi kitobning oxirida ko‘rsatib o‘tildi. Hadislarning
darajasi, ularning qay biriga amal qilinadi, qaysisi tark etiladi, bu haqda ham har uchala
kitobning so‘ngida qayta-qayta berildi. Qolversa, “Tanbehul g‘ofiliyn” asari hamon
muhim pandnoma asarlardan sanaladi. Boshqa musulmon mamlakatlarida takror-takror
nashr etilayotgani unga ehtiyoj borligiga dalolat qilib turibdi. Bizdagi ehtiyoj esa,
boshqalardagidan-da qattaroq ekani hammamizga ma’lum. Chunki biz ayni mana
shunday sodda uslubda yozilgan, ommaviy kitoblarni o‘qiydigan bosqichdamiz. Asta-
sekin bu pog‘ona bosib o‘tiladi va jiddiy ilmiy-diniy asarlar ham tarjima etiladi,
inshaalloh...
Muhtaram o‘quvchi, yaxshi-yomon xizmatimizga rozi bo‘ling, beayb Parvardigor,
bandachilik ila yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimiz uchun Rabbimizga istig‘for aytamiz,
Uning fazl- marhamatidan umid etamiz.
So‘zimiz oxirida asar muallifi Abu Lays Samarqandiy hazratlari hamda marhum padari
buzrukvor va volidai muhtaramiz haqqilariga duoi xayr qilishlaringizni so‘rab qolamiz.
Barcha mo‘minlarning va bizning ham oxirgi duoyimiz: Olamlar rabbi Allohga hamdu
sanolar bo‘lsin!