Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə418/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
379
ayollardan bittasi obidning xotinini chaqirib, o‘tin so‘radi. “Ha, o‘tin bor, - dedi xotin, - 
kir-da, tandirning ichidagi o‘tinni olib ketaver”. Shunda qo‘shni ayol ichkari kirib, qaytib 
chiqdi va: “Ey falonchi, men senga hayronman, sen bu yerda ering bilan gaplashib 
o‘tiribsan, tandirda esa, noning pishib, kuyib ketay, deb turibdi”, dedi. Obidning ayoli 
borib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tandirning ichi nonga to‘la! Obidning xotini nonlarni bir 
idishga solib, erining oldiga olib bordi va eriga aytdi: “Mana qarang, tandirimiz nonlarga 
to‘lib qolibdi. Albatta, Rabbingiz bu ne’matni sizga bejizga yubormagan. Siz Rabbingiz 
huzurida ulug‘ odamsiz. Allohga duo qilib, umrimizning qolganida yaxshi yashashimiz 
uchun bizga ko‘p rizq berishini so‘rang»” 
Obid xotiniga qarab: “Ey xotin, shu kunimizga ham sabr qil”, dedi. Ammo xotini: 
“Allohga duo qiling”, deb tinimsiz so‘rayverganidan keyin obid: “Mayli, duo qilaman”, 
dedi va yarim kechasi turib, namoz o‘qidi, so‘ng Allohga: “Xotinimga qolgan umrida keng 
rizq bergin”, deb duo qildi. Obid mana shu so‘zlarni aytib duo qilib turgan paytida
uyning shifti ochilib, tepadan bir qo‘l qimmatbaho yoqut tashladi. Uning nuri bilan uy 
yorug‘ bo‘lib ketdi. Xuddi sham uyni yoritganidek. Obid xotinining oyog‘idan turtib 
uyg‘otdi. Xotini endi uxlagan edi. Obid xotiniga: “O‘rningdan tur-da, so‘ragan narsangni 
ol”, dedi. Xotin: “Duo qilishga shoshilmang. Shuning uchun meni uyg‘otdingizmi hali? 
Men uyqumda bir tush ko‘rdim. Usti yopiq va zabarjad bilan qoplangan, tizilib qo‘yilgan 
oltin kursilarga qarab turgan edim. U kursilarning orasidagi bitta kursining bir joyi 
ko‘porib olingan ekan, men: “Mana bu cheti qo‘porilgan kursi kimniki?” deb so‘radim. 
Ular aytishdiki: “Bu kursi ering o‘tiradigan joy”. “Nima uchun buning cheti qo‘porilgan?” 
deb so‘radim. “Bu qo‘porilgan joyni ering ertaroq so‘rab olgan”, deyishdi. Men: “Sizning 
kursingizga nuqson yetkazadigan biron narsa menga ke rak emas”, dedim”. Obidning 
xotini mana shu tushida bo‘lgan voqealarni aytib berdi va eriga: “Rabbingizga duo qiling, 
bu yoqutni joyiga qo‘yib qo‘ysin”, dedi. Keyin obid Allohga duo qildi, boyagi qo‘l kelib, 
yoqutni qaytib olib ketdi”. 
HIKOYAT
962. Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytdilar: “Vaqtiki, Rasululloh 
(s.a.v.) musulmonlarni bir-birlari bilan birodar tutintirganlarida, Said ibn Abdurahmon 
bilan Sa’laba Ansoriyni birodar qilib qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga 
chiqqanlarida, Ibn Abdurahmon u kishi bilan birga chiqdi. Sa’laba esa, birodarining 
ahliga qarab qoldi. U birodarining ahli uchun o‘tin, suv tashib berardi. Sa’laba qilayotgan 
hamma ishlarini faqat Alloh rizosi uchun qilardi. 
Bir kun Salaba birodarining uyiga kirganida, shayton uni vasvasa qila boshladi. Shayton: 
“Parda ortida nima borligiga qara”, dedi. Sa’laba pardani ko‘tarib qaradi. Shunda 
birodarining ayolini ko‘rib qoldi. U juda chiroyli ayol edi. Sa’laba sabr qilolmay, ayolning 
oldiga kirdi va uni ushladi. Ayol: “Ey Salaba, sen Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan 
birodaringning hurmatini saqlamading»” dedi. Sa’laba: “Holimga vayl bo‘lsin”, deb nido 
qilib, toqqa qochdi va baland ovoz bilan dedi: “Allohim, Sen Sensan, men menman, Sen 
mag‘firat bilan keluvchisan, men gunoh va xatolar bilan keluvchiman”. 
Nabiy (s.a.v.) g‘azotdan qaytib kelganlarida, barcha jangchilarni birodarlari kutib oldi. 
Faqatgina Saidning birodari kutib olgani chiqmadi. Said uyiga kelganida, xotiniga: “Ey 
xotin, Alloh yo‘lida tutingan birodarimga nima bo‘ldi?” dedi. Xotin: “U o‘zini xatolar 
dengiziga otdi va toqqa qochib ketdi”, dedi. Said birodarini qidirib ketdi. Uni g‘amgin 
holatda, qo‘llarini boshiga qo‘ygan suratda, baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin