Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
48
77. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qiladi: Payg‘ambar
(s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo bandaning gunohini
kechirish uchun uning
gunohini katta sanamaydi. Sizlardan oldin o‘tgan bir kishi 98 kishini o‘ldirgan edi.
Rohibning oldiga kelib: “Men 98 kishini o‘ldirdim, tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib:
“Sen haddan oshirib yuboribsan!” dedi. U kishi turib uni o‘ldirdi. Keyin boshqa bir
rohibnning oldiga kelib: “Men 99 kishini o‘ldirdim, men tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi.
Rohib: “Haddidan oshirib yuboribsan”, dedi. Uni ham o‘ldirdi. So‘ng boshqa
bir rohibning
oldiga kelib: “Men 100 kishini o‘ldirdim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib aytdi:
“Haddidan oshiribsan,
bilmadim, lekin ana u yerda ikki qishloq bor,
bittasining oti
“Basra” deydi, ikkinchisini “Kufra” deydi. Ammo ahli Basra jannat ahllarining amallarini
qiladigan qavm, u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Ammo Kufra ahli do‘zax ahli
qiladigan amallarni qiladilar va u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi.
Agar sen
Basraga borsang va ularning amallarini qilsang, sening tavbangda shubha bo‘lmaydi.
Haligi kishi o‘zi xohlagan tomonga jo‘nadi. U ikki qishloqning o‘rtasida ekanligida o‘lib
qoldi. Uning ustida azob farishtasi bilan rahmat farishtasi munozara qilib qolishdi.
Maloikalar Allohdan bu ishni so‘radilar, aytildiki: “Ikki qishloq orasini o‘lchanglar,
qaysisiga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha qavm ahlidan bo‘lgaydir!”
Ikki qishloqning orasini
o‘lchadilar, u Basra qishlog‘iga bir qarich yaqin ekanligi bilinadi va u o‘sha qishloq
ahlidan deb yozildi”.
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta narsaga qasam ichdim. Agar
to‘rtinchisiga qasam ichsam, u ham to‘g‘ri bo‘ladi.
Birinchisi: Dunyoda Alloh taolo biron kishini do‘st tutsa,
qiyomat kuni uning ustiga
o‘zidan boshqani hokim qilib qo‘ymaydi.
Ikkinchisi: Alloh Islomdan nasibador bo‘lgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib
qo‘ymaydi.
Uchinchisi: Kishi qaysi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, qiyomat kunida ular bilan birga bo‘ladi.
To‘rtinchisi: Alloh taolo dunyoda bir bandaning (gunohlarini) berkitsa,
oxiratda ham
berkitadi”.
Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Niso surasidagi to‘rt oyat jam’i dunyodan
yaxshidir. Birinchisi:
Dostları ilə paylaş: