Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
69. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh taolodan uch 
marotaba jannatni so‘rasa, jannat aytadi: “Ey Alloh, jannatga kirgiz uni!” Kim Allohdan 
do‘zaxdan omon saqlashni uch marotaba so‘rasa, do‘zax aytadi: “Ey Parvardigor, uni 
do‘zaxdan uzoq qil!” 
Allohdan bizlarni do‘zaxdan asrashini, uzoq qilishini va jannatga kiritishini so‘raymiz! U 
yerda birodarlar bilan ko‘rishib, yig‘ilishdan boshqa narsa bo‘lmaganda ham, qanchalik 
shinam va rohatbaxsh joy bo‘lishi muqarrar edi. Alloh u yerga baxsh etgan karomat va 
muruvvatlarning esa chegarasi yo‘q. 
70. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannatda bozorlar bor, 
unda olish ham yo‘q, sotish ham yo‘q. To‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilishadilar, dunyo qanday 
bo‘lganligini eslaydilar. Rabbilariga qilgan ibodatlarining qanday bo‘lganligini, dunyoda 
kambag‘allar va boylar qanday bo‘lganligini va o‘lim qanday bo‘lganligini. qanday qilib 
uzoq mehnatlardan keyin jannatiy kishilarga aylanganini eslashadilar” 
71. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Hamma insonlar Sirotga keladilar, 
ularning yurishlari do‘zax atrofidadir, keyin ular amallariga qarab Sirotdan o‘tishadi. 
Ba’zilari chaqmoqdek, ba’zilari shamoldek, ba’zilari qushlardek, ba’zilari uchqur otlardek
ba’zilari yo‘rg‘a tuyadek, ba’zilari chopqir odamdek o‘tishadi. Oxirgilari oyoqlarining 
barmoqlari bilan o‘tadi, yana birlari Sirotdan qaltirab o‘tadi. Sirot sirpanchiq, silliqdir. 
Uning o‘tkirligi qilichning o‘tkirligidek, unda tikanlar, ignadek qattiq tikonlik o‘simliklar 
bor. Ikki tomonda maloikalar turishadi. Ularda olovdan yasalgan ilgak-lar bo‘ladi. U bilan 
odamlarni tortib oladilar, uning orasidan (Sirot ustidan) o‘tgan kishi panoh topgandir, 
agar tirnalib, terilari qonagan bo‘lsa ham, o‘tgan kishi najot topgandir. Uning orasida 
pastga tushib ketgan kishi do‘zaxiydir. Maloikalar aytadilarki: “Ey Parvardigor, salomat 
qil, salomat qil”. Oxirgi kishi o‘tadi. Shu oxirgi kishi jannat ahlidandir. Vaqtiki, Sirotdan 
o‘tsa, Jannat darvozasiga ko‘tariladi. U o‘zining jannatda o‘rni borligini bilmaydi. O‘sha 
yerga qarab aytarkan: “Meni u yerga (yaxshi joyga) tushirgin”. Alloh aytarkan: “Agar 
seni u yerga tushirsam, boshqasini so‘ramaysanmi?” Aytarkan: “Yo‘q, so‘ramayman, 
Sening ulug‘liging haqqi!” Unga tushirarkan, keyin jannatdagi boshqa o‘rinlar unga 
ko‘rsatiladi. Oldin ko‘rib, so‘ragandan keyin bergani unga yaxshi tuyulmay qolar ekan. 
Aytarkan: “Ey Rabbim, meni u yerga tushirgin!” 
“Agar seni o‘sha joyga tushirsam, boshqasini so‘raysan!” 
Aytadi: “Yo‘q, sening ulug‘ligingga qasamki, so‘ramayman. “Uni tushirarkan. Keyin 
to‘rtinchi jannatga ko‘tariladi. To‘rtinchisiga yetganda unga oldin berilgan hamma 
narsalarda kamchilik ko‘rinarkan. Keyin jim turarkan, so‘ramas ekan. Aytisharkan unga: 
“So‘ramaysanmi?” 
“So‘rar edim-a, lekin uyalaman”, Alloh taolo aytarkan: “Senga bu joy dunyo misolidan 
o‘ntasidir!”. 
Bu ahli jannatning eng past joyidir”. 
Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular 
edilar, kulganlarida muborak tishlari ko‘rinib ketardi”. 
72. Xabarda keladiki: “Dunyodagi xotinlar dunyodagi yaxshi amallari bilan jannatdagi 
hurlardan afzal qilinadi”. 
Alloh taolo aytadi: 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin