www.ziyouz.com kutubxonasi
42
65. Xabarda rivoyat qilinadi: “Albatta, Alloh taolo maloikalarga aytar ekan: “Do‘stlarimni
taomlantiringlar!” deb. Turli xil taomlar keltiriladi. Har bir luqmalarida boshqalarida yo‘q
lazzatni topadilar. Taomdan forig‘ bo‘lishgan bo‘lsalar, “Bandalarimning chanqog‘ini
qondiringlar!” deydi. Bir ichimliklar keltirishar ekan, har bir ichimlikning ikkinchi
ichimlikda topilmaydigan lazzati bo‘ladi. Undan ham forig‘ bo‘lsalar, Alloh aytadi: “Men
sizlarning Rabbingizdirman, sizlarga bergan va’damga sodiq bo‘ldim. Bas, sizlar
so‘ranglar, bergayman” Aytadilar: “Yo Rabb! Sening roziligingni so‘raymiz!” deya ikki-
uch marta aytishdi, so‘ngra Alloh taolo: “Sizlardan rozi bo‘ldim! Menda ziyoda qilingan
narsalar bor, bu karomatlarimdan ham kattarog‘i bilan sizlarni bugun ikrom qilgayman!”
deb hijobni ochadi. Allohga xohlagancha qaraydilar, Unga sajda qilgan holda o‘zlarini
tashlaydilar. Ular sajdada Alloh taolo xohlagancha bo‘lishadi. Keyin ularga aytadi:
“Boshlaringizni ko‘taringizlar. Bu joy ibodat qiladigan joy emas!..” Ular jannatdagi
barcha ne’matlarni unutishadi, bu qarash boshqa ne’matlardan eng yaxshi, sevimli
bo‘lgani uchun. So‘ng qaytadilar. Arshning ostidan qattiq shamol esib, mushk
tepaligidagi mushkni ularning boshlariga, otlarining peshonalariga sochadi. Ahllariga
qaytgandan keyin xotinlari ularni oldin ko‘rgan suratlaridan ham husnli, ajoyib suratda
ko‘radilar. Ularga aytadilar: “Sizlar oldingi bo‘lganlaringizdan ham ko‘ra yaxshiroq bo‘lib
qaytdingizlar”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Hijobni ko‘tara-di” deganda “hijob” so‘zidan murod
ularning ustidagi hijobdir. Bu shunday to‘siqdirki, Alloh taolo qarashdan ularni berkitib
turadi. Ammo “ular qaraydilar” so‘zi ba’zilar aytishgandek, Allohning oldin ko‘rsatmagan
karomatiga qarashidir. Ko‘p ahli ilmlar: “U zohiriydir, uni kayfiyatsiz va o‘xshatishsiz
ko‘radilar, dunyoda buni o‘xshatishsiz bilganlaridek”, deganlar. Ikrima aytadi: “Jannat
ahllari o‘ttiz uch yoshli yigitlar kabidir. Ularning erkagu ayoli bir xil yosh-dadir. Ularning
bo‘ylari otalari Odam alayhissalomning bo‘ylaridek oltmish gazdir, mo‘ysiz, soqolsiz,
o‘ttiz uch yoshli yigitlardir. Ularning egnida yetmishta kiyim bo‘ladi, har bir kiyim har
soatda yetmish rangda tovlanib turadi. Er o‘z aksini xotinining yuzida, ko‘kragida,
sochida ko‘radi. Xotini ham yuzini erining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. U yerda
qonlari oqmaydi. Burunlarini qoqmaydilar. Bundan boshqa aziyatlar, ya’ni siydik, axlat
chiqarishlar bo‘lmaydi”.
66. Xabarda keladi: Agar ahli jannat ayollaridan biri kaftini osmondan chiqarsa, osmon
va yer orasi nurlanib ketadi.
66
a
. Faqih aytadi: Zayd ibn Arham aytadi: “Ahli kitobdan bir kishi Muhammadga (s.a.v.)
kelib, ahli jannatlar yeyishadi va ichishadi, deb o‘ylaysanmi?” deb so‘radi. Pay-g‘ambar
(s.a.v.) aytdilar: “Ha, Muhammadning (s.a.v.) joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ahli
jannatlarning har biriga yuz kishi yeydigan ovqatning kuchini, yuz kishi ichadigan
suvning kuchini, yuz kishi jimo’ qiladigan kuchni beradi”. Aytdi: “Yesa, ichsa, unga qazoi
hojatga rag‘bat bo‘ladi, jannat yaxshi, toza joy, unda aziyatlar bo‘lmaydiku!”
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ularning hojati ter chiqishligidir. U mushkning hidi kabi
bo‘ladi”.
Faqih aytadi: Mo‘’tab ibn Sami’ Alloh taoloning “