Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


VI BOB. JANNATNING VA JANNAT AHLINING SIFATLARI



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
VI BOB. JANNATNING VA JANNAT AHLINING SIFATLARI
61. Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: 
Dedikki: “Yo Rasululloh, jannat nimadan yaratilgan?” Aytdilar: “Suvdan”. “Yo Rasululloh, 
jannatning binosidan bizga xabar bering!” Rasululloh aytdilar: “Jannat tillo va kumush 
g‘ishtlardandir. Uning loyi yangi mushkdan, tuprog‘i za’farondan, uning kichkina 
toshchalari marvarid va yoqutdandir, kim unga kirsa, ne’matlanadi, noumid bo‘lmaydi va 
abadiy qoladi, o‘lmaydi, kiyimi ho‘l bo‘lmaydi va hech ham yoshligi ketmaydi”. So‘ng 
aytdilar: “Uch nafar kishilarning duosi qaytarilmaydi: adolatli podshohlarning, og‘zini 
ochayotgan ro‘zadorning va mazlumning duosi. Chunki uning duosi bulut ustiga 
ko‘tariladi. Alloh unga qarab aytadi: “Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, albatta, senga 
yordam beraman, agar keyinchalik bo‘lsa ham!” 
62. Faqih aytadi: Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat 
qiladi: “Jannatda bir daraxt bor, biron ulovga mingan yo‘lovchi uning soyasida yuz yil 
yursa ham oxiriga yetmaydi, xohlasangizlar, mana o‘qingizlar: 
“O‘ng tomon egalari!.. 
o‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Ular) tikansiz sadrzorlarda... 
Tizilgan bananzorlarda... Uzaygan soyada... oqizib qo‘yilgan suv (bo‘yi)da...”
(Voqea, 30). 
Jannatda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, insonning ko‘ngliga kelmagan narsalar bor, 
xohlasangizlar, o‘qinglar: 
“Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib 
qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matini) biron jon bilmas”
(Sajda, 17). 
Albatta, jannatdagi qamchidek joy dunyodan va undagi hamma narsalardan yaxshidir, 
xohlasalaringiz o‘qinglar: 
“Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, 
muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay”.
(Oli Imron, 185). 
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Jannatda bir hur bor, uni ovunchoh deb 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
41
atashadi, u to‘rt narsadan: mushk, anbar, kofur va za’farondan yaralgan. Uning loyi 
hayot suvida qorilgan. Alloh unga: “Bo‘l!” degan bo‘lgan va hamma hurlar unga 
oshiqdirlar. Agar o‘sha hur dengizga bir marta tuflasa, uning suvi shirin bo‘lib qoladi. 
Uning bo‘yniga yozilgan: “Kim menga yetishmoqni istasa, Allohimga itoat qilsin!” 
Mujohid aytadi: “Jannatning yeri kumushdan, uning tuprog‘i mushkdan, daraxtlarining 
tomirlari oltin va kumushdandir, shoxlari marvarid va zabarjaddan, barglari va mevalari 
ham shulardandir. 
Kimki tik turib yesa, unga ozor yetmaydi, Kim o‘tirib yesa, unga ozor yetmaydi. Yotib 
yesa ham, ozor yetmaydi”. Keyin bu oyatni o‘qidi: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin