www.ziyouz.com kutubxonasi
44
aytadi:
“Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana shudir” (Zuxruf, 72). Boshqa bir oyatda:
“Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) umr qilib o‘tgan amallarining mukofotidir” (Ahqof, 14). Albatta, nimaga erishsalar, toatda
ijtihod bilan erishiladi.
To‘rtinchisi: Yaxshilik ahllarini va solihlarni do‘st tutmoqligi, sevmoqligi, ular bilan
qo‘shilib ketmoqligi, ular bilan o‘tirmoqligi kerak bo‘ladi. Albatta, ularning bittasi, uning
gunohlari kechirilsa, do‘stlariga va og‘aynilariga shafoatda bo‘ladi. Payg‘ambardan
(s.a.v.) rivoyat qilinganidek: “Do‘stlarni ko‘paytiringlar. Albatta, qiyomat kunida har bir
birodar uchun shafoat qilish bordir”.
Beshinchisi: Duoni ko‘paytirish, Alloh taolodan jannat bilan rizqlantirishni va uning
oxirini yaxshilikka olib borishini so‘rashlikdir. Ba’zi hakimlar aytishadi: Savoblarni bilib
turib, dunyoga tayanish ilmsizlikdir, amallardagi savobni bilib turib, o‘sha amallarda
harakatni tashlashlik ojizlikdir. Jannatda rohat bor, unga bu dunyoda rohati bo‘lmagan
yetishadi. Jannatda boylik bor, unga dunyoning haqir narsalarini tark etgan kishi yetadi
va dunyoning ozginasiga qanoat qilgan kishigina topadi. Zikr qilinadiki: “Bir zohid
nonsiz, tuz bilan ko‘kat yeyayotgan edi. Bir kishi aytdi: “Shu narsaga qanoat qilasanmi?”
Aytgan ekan: “Men dunyoni jannat uchun qildim, sen dunyoni axlat uchun qilding!” Ya’ni
yaxshi narsalar yeysan, axlatga aylanadi. Men toat-ibodatga quvvatim yetganchalik
yeyman, shoyadki jannati kishiga aylansam!”
Ibrohim ibn Adhamdan, Alloh rahmat qilsin, zikr qilinadi. U kishi hammomga kirmoqchi
bo‘ldi. Hammomga u kishini qo‘yishmadi. “Pulini to‘lasang, keyin kirasan”, deyishdi.
Ibrohim Adham yig‘ladi va aytdiki: “Yo Alloh, meni shaytonlarning uyiga pulsiz kirgani
qo‘yishmayapti, qanday qilib men nabiylar va siddiqlar uyiga to‘lovsiz kiraman?!”
Zikrda keladi: “Ba’zi nabiylarga Alloh bu so‘zlarni tushirgan: “Ey Odam farzandi!
Do‘zaxni qimmat pulga sotib olasan-u, jannatni arzon pulga ham olmaysan”.
Buning tafsiri: Albatta, bir fosiq boshqa bir fosiqni ziyofat qilishni xohlasa, ko‘pincha
o‘shanga 100-200 dirham pul sarflaydi. U bu bilan do‘zaxni qimmat pulga sotib oladi.
Agar ziyofatni Alloh taolo uchun qilib, 1-2 dirham sarf etsa, muhtoj kishilarni chaqirsa,
shu qilgan ishi jannat puli bo‘ladi.
Rivoyat qilindi Abu Hozimdan: “Agar dunyodagi yaxshi narsalarni tark etib, shu bilan
jannatga kirish mumkin bo‘lsa, bu narsalar janatga yetishish yo‘lida yengillik bo‘ladi.
Agar do‘zaxdan najot topish uchun dunyoning barcha musibatlarini ko‘tarib bo‘lsa ham
najot topsa, bu tomondan yengillik bo‘ladi. Endi mingta yaxshi ko‘rgan narsalaringdan
bittasini tashlab, jannatga kirsang-u, senga makruh bo‘lgan narsadan bir bo‘lagini olib
do‘zaxga kirsang. qanday bo‘ladi?!”
Yahyo Ibn Maoz ar-Roziy aytadi: «Dunyoni tark etish qiyindir, jannatni tashlash undan
ham qiyinroqdir, albatta, jannatning mahri dunyoni tashlashdir».
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy