“(Alloh yo‘lida) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay!” (Ra’d, 24). Ikkinchi uzukda:
“Jannatga tinchlik bilan sog‘-omon kiringlar!” (Hijr, 46). Uchinchisiga:
“Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir!” (Zuxruf, 72). To‘rtinchisida: “Sizlardan g‘am va xafalik ko‘tarildi!”
Beshinchisida: “Siz-larga chiroyli taqinchoq va kiyimlar kiygizdik”. Oltinchisida:
“Sizlarni hurlarga uylantirdik!” Yettinchisida: “U joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursiz” (Zuxruf, 71). Sakkizinchisida: “Payg‘ambar va siddiqlar bilan yo‘ldosh bo‘lgaysizlar”.
To‘qqizinchisida: “Yigitlikka qaytgaysizlar, qarimaysizlar”. O‘ninchisida: “Qo‘shnilikda
turasizlar, lekin qo‘shnilardan aziyat bo‘lmaydi”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kim bu ne’matlarga yetishishni xohlasa, quyidagi besh
narsada bardavom bo‘lishi kerak.
Birinchisi: o‘z nafsini gunohlardan qaytarishi kerak, Alloh taolo aytdi:
“Endi kim hayoti dunyodalik paytida qiyomat mahshargohda Parvardigorning (huzurida) turishdan (va U zotga hisob-kitob) berishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda, faqatgina jannat (uning uchun) joy bo‘lur (Van-naziot, 40-41).
Ikkinchisi: Dunyoda berilgan ozgina ne’mat bo‘lsa ham, unga rozi bo‘lmog‘i, xabarda
rivoyat qilindiki, jannatning qiyomati dunyoni tashlashdir.
Uchinchisi: Toat-ibodatlarga qattiq haris bo‘lishi kerakdir. Toatning hammasiga intiladi.
O‘sha toatlar mag‘firat va jannatning vojibligi uchun bir sabab bo‘lib qoladi. Alloh taolo
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy