Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
52
90. Zikr qilindi: “Alloh taolo Yusha’ ibn Nun alayhissalomga vahiy qildi: “Albatta, Men
sening qirq mingta yaxshi ummatingni o‘z ixtiyori bilan
halok qiluvchiman va yomon
ummatingdan ham oltmish mingtani!” Yusha’ alayhissalom aytdilar: “Yo Rabbim,
yomonlarni jazolashing mumkin, yaxshilarga nima uchun jazo berasan?” Alloh aytdi:
“Ular Mening g‘azabim keladigan ishlardan g‘azablanmadi, o‘shalar
bilan birga yeyishdi
va ichishdi”.
91. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta olimlarning
bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir. Odamlarning ba’zisida
yaxshilikni yopuvchi yomonlik kalitlari bordir. Yaxshilik kalitlarini Alloh ularning qo‘llariga
tutgan kishilar qanday ham yaxshi odamlardir! Vayl (azob) bo‘lgay
Alloh taolo yomonlik
kalitlarini qo‘llariga tutgan kishilarga!” Ya’ni kishilarki,
yaxshilikka buyuradilar, yomon
ishlardan qaytaradilar. Shu yaxshilikni ochuvchi va yomonlikni yopuvchi kalitlardir. Bu
toifadagi kishilar mo‘minlardan bo‘ladi. Alloh taolo aytadiki:
Dostları ilə paylaş: