Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
57
hamma ergashgan baxillikni va har bir kishi o‘zining fikri bilan gerdayish holatini
ko‘rsang, o‘zingni saqlagin, albatta, bu ishlaringizdan
keyin faqat sabrdir, o‘sha kunda
o‘zini saqlaganlar hozirgi amal qilguvchilardan ellik kishining ajriga barobardir”.
So‘radilarki: “Yo Rasululloh, ellikta amal qiluvchi ulardanmi (oldingilardanmi) yoki
bizlardanmi?” Aytdilar: “Sizlardan ellikta amal qiluvchining ajri kabidir”.
104. Qays ibn Abu Hozim aytdi: “Abu
Bakr Siddiqdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, eshitdim,
u zot aytdi: “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u, uni o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa qo‘yasizlar:
“Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingizlar! (Ya’ni gunohlardan saqlaningizlar.)
Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza
olmagay. Barchangiz ham Allohga qaytguvchisizlar”
(Moida, 105). Va Payg‘ambar
(s.a.v.) aytdilar: “Qaysi bir qavm, gunohlarni qilsa-yu,
ularni bu ishlaridan
qaytarmasalar, o‘shanda Alloh taolo hammalariga azobini beradi”.
Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, yuqoridagi oyatning ta’vili so‘raldi, aytdilar: “Bu
zamon hozirgi zamon emas, qachon insonlarning havolari ko‘paysa, talashib-tortishishni
yaxshi ko‘rsalar, har bir kishi o‘zining nafsini lozim topsin (saqlasin)!”
____________
VIII bob. Yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish bobi hadislari
1. Anas ibn Molik. “Albatta, odamlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir...” Hasan*. Ibn Moja (237) va Tayolisiy
(2082).
2. Qatoda. “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldi...” Isnodi yaxshi*. “At-targ‘ib” kitobi (224/3) ga va “Al-majma’a” (151/8) ga qarang.
3. Ubaydulloh ibn Jabar. “Odamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa...” Sahih*. Abu Dovud (4339) va Ibn Moja (4009).
4. No‘’mon ibn Bashir. “Alloh taoloning haqqida...” Sahih*. Buxoriy (2686-2493/5).
5. Huzayfa. “Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki...” Hasan*. Termiziy (2169) va Ahmad (288/5), “Al-mishkot” (5140) ga qarang.
6. Ali ibn Abu Tolib. “Agar ummatim zolimni ko‘rib...” Isnodi yaxshi*. Ahmad (190/2) va Hokim (96/4).
7. Abu Dardo. “Albatta, yaxshi ishga buyurib...” Zaif*. Bazzor (3307), “Zaiful jome’”ga (4650) qarang.
8. Abu Said Xudriy. “Sizlardan birontalaringiz...” Sahih*. Muslim (49), Abu Dovud (1140), Termiziy (2172), Nasoiy (111/8) va Ibn Moja
(4014/1275).
9. Ikrima. “Bir kishi Allohni qo‘yib...” Zaif*. Uni Abu Dunyo “Shayton hiylalari” kitobida zikr qilgan (60) va Javziyning “Talbisul-iblis”
kitobida
keltirilgan (32-bet).
10. Abu Muoviya G’azzoriy. “Bugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan...” Zaif*.
11. Hasan. “Kim dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa...” Zaif*
12. Hadis. “Qaysi mo‘min Alloh va Rasulining toatiga...” Isnodi zaif*. Ahmad (36/40).
13. Sa’laba Qushniy. “Bu oyat to‘g‘risida so‘radim...” Zaif*. Abu Dovud (4341), Termiziy (3058) va Ibn Moja.
14. Abu Bakr Siddiq. “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u...” Sahih*. Ahmad (2), Abu Dovud (4338), Termiziy (3057, 2168), Ibn Moja (4005).
Dostları ilə paylaş: