“Zero Allohning rahmatidan faqat kofir qavmigina noumid bo‘lur” (Yusuf, 87).
Boshqa oyat:
“U bandalardan tavba-tazarrularni qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qilayotgan ishlaringizni biladigan zotdir” (Sho‘ro, 25).
Oqil kishi Alloh taologa har kuni va har vaqt tavba etmog‘i, gunohda davomli bo‘lmasligi
lozimdir. Albatta gunohidan qaytguvchi gunohda doimiy bo‘lmaydi. Agar bir kunda
yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda doimiy emas.
108. Shuningdek, Abu Bakr Siddiqdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) aytdilar: “Kishi kunda yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda
doimiylardan emas”.
109. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) aytdilar: “Allohga qasamki, men har kuni yuz marta
tavba qilaman!”
110. Hazrati Alidan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Men Payg‘ambardan
(s.a.v.) eshitgan narsalarimdan Alloh menga o‘zi xohlagandek foyda-manfaat beradi,
agar menga shundan boshqasini aytsalar, unga qasam ichtiraman. Agar qasam ichsa,
uning gapiga ishonaman. Menga Abu Bakr Siddiq aytdi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki:
“Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qisa,
Allohdan gunohini kechirishni so‘rasa, Alloh uning gunohlarini kechiradi. Keyin bu oyatni
tilovat qildilar:
“Kim biron bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar- ko‘rar” (Niso, 110).
Boshqa rivoyatda bu oyatni o‘qiganlar:
“(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, deb bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan