Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
odam o‘ldirdingmi?” “Yo‘q”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo sening
gunohingni
kechiradi, agar o‘sha gunohing yetti osmon, yetti yer, baland tog‘lardek
bo‘lsa ham”. Yigit: “Ey Allohning rasuli! Mening gunohim yetti osmon, yetti qat yer,
baland tog‘lardan ham kattaroq”. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘radilar: “Sening gunohing
kursidan ham kattaroqmi?” Yigit: “Undan ham kattaroq”, dedi. “Gunohing
Arshdan ham
kattaroqmi?” Yigit: “Kattaroq”, dedi. “Gunohing ulug‘mi yoki Allohing? (Ya’ni, Allohning
mag‘firatimi)?” Yigit: “Alloh ulug‘dir!” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar. “Albatta, katta
gunohlarni Alloh kechiradi”. So‘ngra dedilar: “Menga aytgin, nima gunoh qilding” Yigit:
“Ey Allohning rasuli! Men sizdan uyalaman”. Payg‘ambar (s.a.v.) ikkinchi marta: “Aytib
bergin qilgan gunohingni”, deb so‘radilar. Yigit: “Ey Allohning elchisi! Men yetti yil
qabrlarni ochib, kafanlarini olish bilan shug‘ullandim. Bir kuni ansor qizlaridan biri o‘ldi,
uning qabrini ochdim. Uni kafanidan chiqarib oldim. Ozgina o‘tmasdan shayton nafsimga
g‘alaba qildi. Keyin qaytib o‘sha qizni mujmoa’at qildim. Uzoq turmadim, shu vaqt o‘sha
qiz turib: “Senga Allohning g‘azabi bo‘lsin, ey yigit!
Qiyomat kunida Allohdan
uyalmaysanmi? O‘sha kunda hukm uchun tosh-tarozi qo‘yiladi, mazlumga zolimdan
haqqi olib beriladi. Bu o‘liklar vatanida meni yalang‘och tashlab ketyapsan. Allohning
qudrati oldida meni junub holatiga tushiryapsan”, deb aytdi”. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
o‘rni-laridan sakrab ketdilar, uni yelkasidan ushlab, itarib yubordilar. “Ey fosiq, sening
do‘zaxga kirishga
bu qadar hojating bor ekan, mening oldimdan ketgin”, dedilar.
Yigit Alloh taologa qirq kecha tavba qilib chiqdi, qirq kecha to‘liq bo‘lgandan keyin
boshini ko‘tarib osmonga qarab: “Ey Muhammad sallallohu alayhi vasallamning,
Odamning, Havoning Parvardigori! Agar meni kechirsang, Muhammadga (s.a.v.) va
sahobalariga bildirgin,
agar bildirma-sang, osmondan olov yuborib, meni kuydirgin va
oxirat azobidan najot bergin!” deb iltijo qildi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning
(s.a.v.) oldilariga kelib: “Assalomu alaykum, ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam,
Rabbingiz sizga salom aytdi”. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Alloh Salomdir, salom
Allohdandir v salom o‘ziga qaytgaydir!” Jabroil aytdiki: “Alloh so‘radi: “Butun maxluqni
sen yaratdingmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q! Meni va (barcha) maxluqlarni U
zotning o‘zi yaratdi”. Jabroil dedi: “Rabbingiz aytdiki,
ularga rizqni sen berasanmi, deb”
Aytdilar: “Ularni va meni Alloh rizq-lantiradi!” Jabroil dedi: «Rabbingiz aytdiki: «Ularning
tavbasini sen qabul qilasanmi?» deb». Aytdilar: “Alloh mening va ularning tavbalarimni
qabul qilguvchidir”. Jabroil: “Alloh aytdi. “Bu bandamning tavbasini qabul qilgin. Men
tavbasini qabul qildim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) yigitni chaqirib: “Alloh taolo
gunohingni kechirganini bashorat qildi va tavbangni qabul qildi”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Bu xabarga oqil kishi e’tibor qilmog‘i va bilmog‘i
lozim bo‘ladiki, albatta o‘lik bilan qilgan zinosidan ko‘ra tiriklar bilan zino qilmog‘i
kattaroq gunohdir. Haqiqiy tavbani qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo tavbasi
haqiqiy ekanligini va undan gunohni ketkazganini yigitga bildirdi. Tavba gunohning
miqdoricha bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Ibn Abbos, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, deydi: “Allohning kalomida:
Dostları ilə paylaş: