www.ziyouz.com kutubxonasi
63
topilsa, u odam, shunday odamlardandirki, Alloh taolo ular haqida aytadi:
“Albatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi” (Baqara, 222).
Va uning uchun odamlarga to‘rt narsa vojib bo‘ladi:
1. Odamlar uni yaxshi ko‘rmoqligi, chunki Alloh taolo uni yaxshi ko‘radi.
2. Uning tavbasi sobit bo‘lishi uchun uni duolarda eslamoqliklari.
3. Uning oldin o‘tgan gunohlariga e’tibor qilmasliklari.
4. U bilan birga o‘tirishlari, birga dars qilmoqliklari, yordam bermoqliklari.
Alloh taolo uni to‘rt narsa bilan ikrom qiladi:
1. Alloh taolo gunohllardan uni chaqirib qo‘yadi, go‘yoki hech ham gunoh qilmagandek.
2. Uni Alloh taolo yaxshi ko‘rib qoladi.
3. Unga shaytonni ega qilib qo‘ymaydi, undan saqlaydi.
4. Dunyodan chiqarib olmasdan oldin qo‘rquvdan omon saqlamog‘i. Chunki Alloh taolo
aytdi:
“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat- ibodat qilishda) to‘g‘ri-ustivor bo‘lgan zotlarnnning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): “qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!” (Fussilat, 30).
Xolid ibn Ma’don aytdi: “Agar jannatga tavba qilganlar kirsalar, aytarkanlar: Rabbimiz
bizga jannatga kirmasdan oldin do‘zaxdan o‘tmoqligimizni va’da bermaganmidi?” Ularga
aytiladi: “Sizlar u yerdan o‘chirilgan vaqtda o‘tdingizlar”.
118. Hasan rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun
toshbo‘ron ettirdilar, keyin unga janoza o‘qidilar. Ba’zi sahobalar Payg‘ambarimizdan
(s.a.v.) so‘radilar: “Yo Rasululloh, uni toshbo‘ron qildirdingiz va unga janoza ham
o‘qidingiz?” Aytdilar: “U tavba qilgan edi. Agar shunga o‘xshagan ishni yetmish marta
qilgandayam, Alloh taolo tavbasini qabul qilardi, (ya’ni uning tavbasi haqiqiy edi).
Haqiqiy tavba qabul qilinadi. Agar o‘sha katta gunoh bo‘lsa ham”.
119. Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytdilar: “Kimki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa, o‘sha
odam o‘zi shu ishni qilgan kabidir. Alloh taolo o‘sha ayblovchini shu ishga tushirmay
qo‘ymaydi. Kimki mo‘minni bir gunoh bilan ayblasa, u kishining o‘zi shu gunohni
qilmasdan va shu bilan uyatga qolmasdan turib bu dunyodan ketmaydi”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Albatta mo‘min gunohga tushmoqlikni qasd qilmaydi,
unga suyanmaydi ham, chunki Alloh taolo: