“Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
borar joyi do‘zax bo‘lur”
(Moida, 72).
Alloh kechiradigan gunoh bilan o‘z nafsiga zulm qilishi, o‘zi va Rabbi orasidagi
zulmlardir.
Alloh biror narsani tark qilib qo‘ymaydigan gunoh bandalarning ba’zilariga ba’zilari qilgan
zulmidir.
137. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, qiyomat kunida qiyomat ahllari huquqlari ado
qilinadi (ya’ni bir-biridan o‘ch olinadi), hattoki shoxsiz qo‘y uchun shoxli qo‘yni bog‘latib,
uni suzdiriladi”.
Banda xusumatchisini rozi qilishga intilishi lozim.
Agar gunoh o‘zi bilan Alloh orasida bo‘lsa albatta, Alloh mehribon zot, istig‘for so‘rasa, U
gunohlaridan kechadi.
Agar gunoh uning bilan odamlar orasida bo‘lsa, u kishiga mazlumni rozi qilishlik zarurdir.
Modomiki, husumatchisini rozi qilmasa, unga kechirim so‘rash, tavba qilish foyda
bermaydi. Agar bu dunyoda rozi qilmasa, oxiratda uning yaxshiliklaridan olinadi, bu
haqda xabar kelgan.
138. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar
ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?” “Bizning nazarimizda muflis na dirhami,
na dinori, na matosi bo‘lgan kishidir”, deyishdi. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Ummatimdan
muflis qiyomat kunida namoz bilan, ro‘za bilan hamda, buni so‘kdi, bunga tuhmat qildi,
zinokor, buning molini yedi, buning qonini to‘kdi, urdi, degan hujjatlar bilan keladi. Mana
shu ishlari uchun yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari tugasa, foyda-zarariga hukm
qilmasdan oldin, uning xatolaridan olinadi, so‘ngra uning ustiga xatolari tashlanib,
do‘zaxga yuboriladi”.
Allohdan tavbaga muvaffaq bo‘lishimizni so‘raymiz. Albatta, tavba qilishda sobit
bo‘lishlik tavbadan qattiqdir!
Muhammad ibn Sirin, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir yaxshilik qilib, so‘ng uni tark
qilishdan saqlan. Chunki birov tavba qilib, keyin yana gunohga qaytib, najot topgan
emas. Tavba qilguvchi ajalini ikki ko‘z orasida bilmog‘i lozim bo‘ladi, ya’ni qilgan
tavbasida sobit bo‘lishi va o‘tgan gunohlarini tafakkur qilmog‘i, istig‘forni ko‘paytirmog‘i
lozim va tavbadek ulug‘ ne’matga musharraf qilganligi uchun shukr qilmoqlik va qiyomat
kunidagi savoblar to‘g‘risida o‘ylashlik kerak bo‘ladi. Chunki qiyomat savoblari to‘g‘risida
o‘ylashlik insonni ezgulikka undaydi va qiyomatning azoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni
yomonliklardan qaytaradi”.
139. Abu Zarr, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Yo Rasululloh, Musoning sahifasidagi
narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Musoning sahifasidagi narsalardan xabar
bering”, deb so‘radim. Aytdilar: “Unda misollar va ibratlar bor: do‘zaxning borligini
ishonch bilan bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim! O‘limning haqligini ishonch bilan
bilib, xursandchilik bilan yurgan kishiga ajablandim! Hisob-kitobni ishonch bilan bilib,
gunohlar qilib yurgan kishiga ajablandim! Qadarni ishonch bilan bilib, xafa bo‘lgan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |