“O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik –savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh kechirguvchi, rahmli zotdir” (Furqon, 70), ya’ni tavbasidan oldingi qilganlarini
kechirguvchi, tavbadan keyin ularga rahm qilguvchi zotdir.
Biling, ey birodar, kufrdan ulug‘roq gunoh yo‘q. Alloh taolo aytdi:
“(Ey, Muhammad!) Kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kufrlaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur” (Anfol, 38).
Endi kufrdan boshqalarini qo‘yavering!
134. Hasan Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi. U zot aytdilarki: “Agar sizlardan
birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha gunoh qilsa, keyin tavba qilsa, Alloh
uning tavbasini qabul etadi”.
135. Yazid Raqqoshiy aytadi: “Bizga Rasulullohning minbarlaridan turib Abu Hurayra
xutba o‘qidi”. Xutbada aytdi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, aytdilarki: “Odam Alloh
uchun basharning eng hurmatlisidir. Alloh taolo qiyomat kunida unga uchta uzrini
aytadi: “Ey odam! Men yolg‘onchilarni la’natlamaganimda va yolg‘onni yomon
ko‘rmaganimda, albatta butun zurriyotingga rahm qilardim, lekin:
“Men tomondan bu so‘z haq-sobit bo‘lgandir. Men jahannamni (kofir) jin va (dinsiz) odamlarning barchasi bilan o‘ldirurman!” (Sajda, 13).
Va unga aytadi: “Ey Odam! Men sening zurriyotingdan hech kimni do‘zaxga
kirgizmayman. Do‘zax bilan azoblamayman. Men o‘z ilmim bilan bildimki, zurriyotingdan
bir toifani agar dunyoga qaytarsam, albatta u dunyoda yomon ishlarga qaytadi. Keyin bu
ishdan qaytmaydi, tavba ham qilmaydi, ana shularnigina do‘zaxga kirgizaman. Ey
Odam! Men seni o‘zim va zurriyoting o‘rtasida hakam qildim, tarozuning oldiga tur va
ularning amallaridan senga nima yetishini ko‘r. Kimga bir misqol yaxshilik og‘ir kelsa,
unga jannatdir, hattoki, Men do‘zaxga faqatgina zolimlarni kirgizishimni bilgaysan”.
136. Oyisha rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yozilgan gunohlar uchtadir:
Alloh kechiradi; Alloh kechirmaydi; Alloh u narsadan hech narsaga teginmaydi”.
Alloh kechirmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Alloh aytadi: