www.ziyouz.com kutubxonasi
71
Mening qo‘rqinchim unikidan qattiq bo‘lishi kerak”, deb, so‘ngra Allohga tavba qildi.
Eshigini berkitib, bevalik kiyimini kiydi. Keyin ibodatga kirishdi. Alloh xohlaganicha
ibodatda bo‘lganidan keyin, o‘ziga-o‘zi aytdi: “Agar men haligi kishiga borsam, shoyad
meni xotinlikka olsa, undan din ishlaridan ta’lim olardim. Menga Allohning ibodatiga
yordam bo‘lardi”, deb tayyorlanib, molidan va xodimlaridan olib, o‘sha obid aytgan
qishloqqa yetib borib, obidni so‘radi. Obidga bir xotin so‘rayotganligini xabar qilishdi.
Uning oldiga chiqdi. Xotin uni ko‘rib, yuzini ochib o‘zini tanitdi. Obid uni ko‘rib tanidi va u
bilan oralarida bo‘lgan ishni eslab, qattiq qichqirib, shu joyda jon berdi. Xotin xafa bo‘lib:
“Men uning uchun chiqqandim, u o‘ldi. Uning qarindoshlaridan xotinga muhtoji bormi?
Meni xotinlikka olsa”, dedi. Aytdilarki: “Uning bir ukasi bor, lekin moli yo‘q”. Xotin
aytdiki: “Buning og‘irligi yo‘q, menda ko‘p mol bor”. Ukasi keldi va unga uylandi. Undan
yetti o‘g‘il tug‘ildi. Hammalari Bani Isroilda payg‘ambarlardan bo‘ldilar”.
Alloh taolo bilguvchiroqdir.
_____________
IX va X bob. Tavba bobi hadislari 1. Abdulloh ibn Ubayd. “Odam alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor...” Isnodi sahih*. Ibn Kasir tafsirida (61/4) keltirilgan.
2. Ibn Abbos. “Payg‘ambarning (s.a.v.) amakilarini o‘ldirgan Vahshiy...” Zaif*. “Asbobul-nuzul”da (281) keltirilgan, Tabaroniy, “Al-kabir”
(11480).
3. Abdurahmon Sulamiy. “Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarimiz Madinada o‘tirgandik...” “Kanzul-ummol” (10265-10261).
4. Muhammad ibn Mutarrif. “Alloh aytdi: “Ey odam farzandi, senga voy bo‘lsin!..” Zaif*.
5. A’mash. “Sizlardan oldin o‘tgan qavmlarning ichida...” Zaif*.
6. Abu Bakr Siddiq. “Kishi kunda yetmish marta mag‘firat so‘rasa...” Zaif*. Abu Dovud (15/4) va Termiziy (3559).
7. Hadis. “Allohga qasamki, men har kuni Allohga yuz marta tavba qilaman”. Sahih*. Muslim (2702/4) va Abu Dovud (15/5).
8. Ali ibn Abu Tolib. “Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat qilsa...” Hasan*. Abu Dovud (1521), Termiziy (3006) va Ibn Moja
(1395).
9. Hasan Basriy. “Alloh taolo iblis la’inni tushirgan vaqtda...” Sahih*. Ahmad (41-23/3).
10. Abu Amoma Boxiliy. “O‘ng tomon egasi Amin...” Juda zaif*. Bahaqiyning “Ash-shu’ab”ida keltirilgan (7050-7049/5).
11. Hadis. “Gunohlaridan tavba qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir...” Hasan*. “Sahihul jome’ (3008,, “Vaddoivad- davo” (211-bet)
ga qarang.
12. Safvon ibn Assol Murodiy. “Albatta, Mag‘rib tomonda...” Hasan*. Termiziy (3535) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7076/5).
13. Zuhriy. “Umar ibn Xattob Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lagan holda kirdi...” Zaif*.
14. Hadis. “Tili bilan kechirim so‘rovchi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab”, (7178/5) “Az-zaifatu” (616).
15. Hasan. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun toshbo‘ron ettiribdilar...” Sahih*. Muslim (1696/3).
16. Hadis. “Kimiki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa...” Mavzu’*. Termiziy (2505), Ibn Ali “Al-Komil”da (173/6), Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da
(6697) va “Az-zaifatu” (178) da keltirgan.
17. Ibn Abbos. “Agar banda tavba qilsa...” Zaif*. Asbaxoniy “At-targ‘ib va at-tarhib” (751).
18. Ali ibn Abu Tolib. “Arshning tagida...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al-Firdavs” (6708) uning isnodi Ismoil ibn Yahyo ibn Ubaydulloh at-Taymiyga
boradi va u yo‘q hadislarni gapirganlikda ayblanadi. “Al-lison” (493/1)ga qarang.
19. Ibn Abbos. “Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar...” Juda zaif*. Uning isnodi Nuh ibn Abu Maryamga borgan. Uni hadisda
yolg‘onchi deganlar, “At-tahzib” (433/10) ga qarang.
20. Abu Hurayra. “Tavba havoda muallaq osilib turuvchidir...” Zaif*.
21. “Albatta, men Allohdan gunohimni kechirishini so‘rayman” Sahih* (104-raqamda o‘tgan hadis).
22. Hadis. “Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar...” Sahih*. Muslim (422702/40).
23. Ibn Abbos. “Yaqinda tavba qilaman...” Zaif*. “Va yana aytildi”. Bu hadis sahobalardan eshitilmagan.
24. Abdulloh ibn Mas’ud. “Kimki faqat yakkayu yagona, tirik, ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman deb...” Hasan*. Hokim (5/1/1).
25. Abu Qaloba. “Albatta Alloh taolo iblisni la’natlagan paytida, iblis muhlat berishni so‘radi...” Sahih*. Bu hadis (111) raqam bilan Abu
Saiddan rivoyat qilindi.
26. Hadis. “Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki...” Hasan*. (113) raqam bilan chiqqan.
27. Abu Hurayra. “Agar banda bir gunoh qilsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7507/13) va Muslim (2758/4).
28. Ibn Mas’ud. «Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: «Ey Rasululloh...» Sahih*. Muslim (233) «Kitobut-tavba».
29. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4687/8) va Muslim (2763/4).
30. Hasan. «Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi...» Mursal (zaiflardan).
31. Abu Hurayra. «Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir tafsirida (27/19).
32. «Inson qiyomat kunida kitobiga qaraydi...» Sahih*. Muslim (190).
33. Hasan . “Agar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha...” Hasan*. Ibn Moja (4238).
34. Abu Hurayra. “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. Aytdilarki: “Odam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir...” Zaif*. “At-taqrib”.
35. Oyisha. “Devonlar uchtadir...” Zaif*. Hokim (575/4).
36. Abu Hurayra. “Har bir inson qiyomat kunida...” Sahih*. Muslim (2572/4) va Termiziy (2420) va Ahmad (235-301-372/2).
37. Abu Hurayra. “Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?..” Sahih*. Muslim (1258/4), Termiziy (2318).
38. Abu Zarr G‘iforiy. “Ey Rasululloh! Musoning sahifasida bo‘lgan narsalardan xabar bering...” Zaif*. Ibn Hibbon (94) Abu Na’im (166/1) va
“Az-zaifatu” (1910) ga qarang.