Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
73
“Namozni to‘kis ado qiling va zakotni bering”
(Baqara, 43). Kim namoz o‘qisa, 
zakot bermasa, undan namozi qabul qilinmaydi. 
Allohning so‘zi:
“Alloh va Payg‘ambariga itoat qilingiz”
(Oli Imron, 132). Demak, kimki Allohga itoat 
qilsa, payg‘ambariga itoat qilmasa, undan qabul qilinmaydi. 
Allohning so‘zi: 
“Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin”,
(Luqmon, 14). Kim Allohga shukr qilsa, 
ota-onaga shukr qilmasa, undan qabul qilinmaydi. 
144. Bunga dalil Rasulullohning (s.a.v.) hadislari: “Albatta ota-onaning la’nati 
farzandining aslini kesadi. Agar farzand ularga oq bo‘lgan bo‘lsa. Kimiki ota-onasining 
roziligini topsa, Rabbisining rizosini topadi. Kimiki ota-onasini g‘azablantirsa, Rabbisini 
g‘azablantiradi! Kimiki ota-onasi tirik bo‘lib, yaxshilik qilmasa, do‘zaxga kiradi va uni 
Alloh o‘zidan uzoqlashtiradi”. 
145. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘raldi: “Qaysi amallar yaxshiroqdir?” Aytdilar: “O‘z 
vaqtida o‘qilgan namozlar, keyin ota-onaga yaxshilik qilish...” 
Farqand Sabaxiy aytadi: “Ba’zi kitoblarda o‘qidim, farzand uchun ota-onaning huzurida 
ikkalasining iznisiz gapirishlik va ikkovidan oldin yurishlik, o‘ngdan ham, chapdan ham, 
lozim bo‘lmaydi, magar uni ikkovlari chaqirishsa, so‘ngra javob berib, ularning ketidan 
yuradi, qul o‘zining xo‘jayini orqasida yurgandek”. 
146. Zikr qilindi, bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, 
onam mening oldimda esi yarimta bo‘lib qoldi, men qo‘lim bilan uni ovqatlantiraman, 
suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda ko‘taraman. Uning haqqini ado qila 
oldimmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q, yuztadan bittasini ham ado qilganing 
yo‘q! Lekin sen yaxshi qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko‘p savob 
olgaysan!” 
Hishom ibn Urva otasidan aytadi: Hikmatda yozilgan: “Kim otasini va onasini la’natlasa, 
u la’natlangandir, kimiki yo‘lto‘sarlik qilsa, la’natlangandir. Yoki ko‘rni yo‘ldan adashtirsa, 
la’natlangan. Allohdan boshqaga atab biron narsa so‘ysa, la’natlangan, kimiki yer 
chegerasini o‘zgartirsa, ya’ni yeriga birovning yerini qo‘shib olsa, la’natlangandir”. 
Ota-onasini la’natlasa, degan so‘zning ma’nosi, ota-onasiga la’nat tegadigan amalni 
qilishdir. 
147. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: “Albatta kishi ota-
onasini so‘kishi katta gunohlardandir. So‘raldiki: “Qanday qilib kishi o‘zining ota-
onasinnni so‘kadi?” Aytdilar: “Birovning otasini so‘ksa, u uning otasini so‘kadi, birovning 
onasini so‘ksa, u uning onasini so‘kadi”. 
148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Rasulluloh (s.a.v.) davrlarida 
Alqama ismli yigit bor edi. U o‘ta tirishqoq, ko‘p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal 
bo‘lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg‘ambarga (s.a.v.) erining jon chiqar holatida ekanligini 
xabar qilmoqchi bo‘lib elchi yubordi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Bilol va Alini, 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin