Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
74
Salmon va Ammorni “Uning holini ko‘ringlar”, deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib 
kirdilar. Unga: “La ilaha illalloh, degin”, dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi. Ular 
ishondilarki, imonsiz ketguvchidir, deb. Keyin Bilolni Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga 
bu holdan xabar berishga yubordilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Uning ota-onasi bormi?” deb 
so‘radilar. Aytishdi: “Otasi o‘lgan, lekin bir qari onasi bor”, deb. Payg‘ambar (s.a.v) 
Bilolga: “Yo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir 
bo‘lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo‘lmasangiz o‘tirib turing, 
oldingizga Rasulullohning o‘zlari kelgaylar, deb ayt”, deb tayinladilar. Bilol borib, bu 
xabarni yetkazdi. Onasi: “Jonim Rasulullohga fido, men borishga haqliroqman”, dedi va 
qo‘liga hassasini olib, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadi. 
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Menga 
to‘g‘risini ayting, yolg‘on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning 
holi qanday edi?” Onasi: “Yo Rasululloh, namoz o‘qirdi, ro‘za tutardi, ko‘p sadaqa 
berardi, uning bergan sadaqasining o‘lchovini bilmayman, sanog‘ini ham”. Rasululloh 
aytdilar: “Sizning u bilan munosabatingiz qanday edi?” Onasi aytdi: “Yo Rasululloh, men 
xafaman”. Aytdilar: “Nima sababdan?” Onasi aytdi: “U xotinini mendan ustun qo‘yardi, 
unga quloq solib, menga quloq solmas edi”. Shunda Rasululloh: “Onasining g‘azabi 
o‘g‘lini Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berishdan to‘sibdi”, dedilar. So‘ngra 
Bilolga: “Ko‘p o‘tin yig‘gin, uni yondiramiz”, dedilar. Onasi: “Yo Rasululloh, o‘g‘limni, 
qalbimning mevasini ko‘z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?” 
dedi. Rasululloh: “Ey Alqamaning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh 
uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo‘ling. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, 
modomiki siz undan g‘azabda bo‘lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!” Shunda 
Alqamaning onasi qo‘lini ko‘tarib: “Yo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo‘lgan sizni 
va atrofimdagilarni Alqamadan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilaman!” dedi. 
Rasululloh Bilolga: “Ey Bilol! Alqamaning oldiga borib qara-chi, “La ilaha illalloh”, deb 
ayta olayotganmikan? Alqamaning onasi Payg‘ambardan uyalib, dilida bo‘lmagan narsani 
gapirgandir”, dedilar. Bilol borib, eshikka yetgach: “La ilaha illalloh”, deganini eshitdi. 
Bilol uning uyiga borib: “Ey odamlar! Alqamaning onasining g‘azabi shahodat kalimasini 
aytishidan uning tilini to‘sgan ekan, endi rozi bo‘lganligi uchun tilini bo‘shatib yubordi”, 
dedi va u o‘sha kunda vafot etdi. So‘ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va 
kafanlashga buyurdilar, janoza o‘qidilar. Keyin qabrning chetida turib: “Ey muhojir va 
ansorlar jamoasi! Kimiki xotinini onasidan ustun qo‘ysa, Allohning la’nati bo‘ladi va farz-
nafl ibodatlari qabul bo‘lmaydi?” dedilar. 
Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Alloh aytadi: “Parvardigoringiz yolg‘iz o‘ziga 
ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi”. Ya’ni, Alloh 
o‘zidan boshqani yakka demaslikka buyurdi. Shuningdek, ma’siyatda hech kimga 
bo‘ysunmanglar, sizlar buyurgan narsada Alloh taologa itoat qilinglar, deyildi. “Ota-
onaga yaxshilikni”, ya’ni ikkovlari yumshoqlikni va shafqatli bo‘lishlikni, “Agar ularning 
biri yo ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma”, 
yomon so‘zlarni aytma. “Ota-ona keksalik yoshiga yetsalar”ning ma’nosi: siydik va 
axlatlarini ko‘tarishga muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda, burningga qo‘lingni tiqib, aftingni 
bujmaytirmagin. Ikkovlari seni yoshligingda sendan o‘shalarni ko‘targan edi va bu 
narsalarni sendan ko‘p ko‘rgan edilar. “Va ularning so‘zlarini qaytarma”, gapda 
ikkovlariga qo‘pollik qilma! “Ularga doimo yaxshi so‘z ayt”. “Ular uchun mehribonlik bilan 
xorlik qanotini past tut, hokisor bo‘l!” ya’ni ikkovlariga rahmli, tavozu’ holatda bo‘l. “Va 
ayt: “Parvardigorim, ularga rahm-shafqat qilgin” deb, vaqtiki o‘lsalar ularga mag‘firat 
so‘rab duo qil, ya’ni farzandga ota-onaning haqqini dunyoda bilganidek, oxiratdagi 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin