XI bob. Ota-onaning haqqi bobi hadislari 1. Ibn Abbos. “Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsa-yu...” Zaif*. Buxoriyning “Al-adabul mufrad” (4) va Bayhaqiyning “Ash-shu’ab” (7916-
7915) va “Zaiful-jome’” (5427) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Amr. “Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3004/6) va Muslim (2549/4).
3. Buhz ibn Hakim. “Aytdiki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilay...” Hasan*. Ahmad (315) va Abu Dovud (5139), Termiziy (1897) va Hakim
(150/4).
4. Zayd ibn Ali otasidan-bobosidan. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga uf deyishdan...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al-
firdavs” (5101) va “Tanzihush-shariy’a” (233/2).
5. Hadis. “Albatta, ota-onaning la’nati...” Sahih*. “As-sahihat” (516-515).
6. Hadis. “Qaysi amallar yaxshiroqdir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5970/10) va Muslim (85) Ibn Mas’uddan.
7. Hadis. «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Sahih*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (11).
8. Hishom ibn Urva. «Kim ota-onasini la’natlasa...» Sahih*. «Sahihul-jome’» (5112).
9. Hadis. «Albatta kishi ota-onasini so‘kishi katta gunohlardandir...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5972/10) va Muslim (90).
10. Anas ibn Molik. «Rasululloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi...» Zaif*. Munziriyning «At-targ‘ib» (222/3) va «Al kaboir» (116)
kitobida keltirilgan.
11. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. Muslim (1631) va boshqalar.
12. Hadis. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa...” Hasan*. Buxoriy, “Al-adabul-mufrad” (9-bet) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7898).
13. Hadis. “Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Zaif*. Ahmad (498/3), Abu Dovud (5142) va Ibn Moja
(4664), “Al-mishkot” (4936)ga qarang.
XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI 152. Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Abu Hurayra, Alloh undan
rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Otaning o‘g‘liga qiladigan haqqi
uchtadir. Tug‘ilsa, yaxshi ism qo‘yish; aqli kirsa Qur’oni Karimni o‘rgatish; balog‘atga
yetsa, uylantirish”.
Bir kishi Umarning huzurlariga kelib: “Bu o‘g‘lim menga oq bo‘ldi”, dedi. Hazrati Umar
o‘g‘liga: “Otangga oq bo‘lishlikdan Allohdan qo‘rqmaysanmi?” Bu-bu ishlar ota haqqi-ku”
deb gapirdi. O‘g‘li aytdiki: “Ey mo‘minlarning amiri! O‘g‘ilning otada haqqi yo‘qmi?”
Aytdi-ki: “Ha bor! O‘g‘ilning otadagi haqqi – ota yomon xotinga uylanmasligi, shu bilan
farzand ayblanmasligi uchun, ismini yaxshi qo‘ymoqligi va Qur’onni o‘rgatmoqligidir”.
O‘g‘il: “Allohga qasamki, otam onamni tanlab olmagan, u majusiy edi, uni to‘rt yuz
dirhamga sotib olgan. Ismimni chiroyli qo‘ymadi. Meni Jual deb nomladi (ko‘rshapalak
erkagining ismi). Allohning oyatlaridan birontasini ham o‘rgatmadi”.
Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, uning otasiga qarab: “O‘g‘limni oq qildim, deysan, u seni
oq qilibdi, yo‘qolgin mening oldimdan!” dedi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy