www.ziyouz.com kutubxonasi
78
o‘rgatmasa, yomon yo‘llarni o‘rgatgan bo‘lsa, uning gunohi o‘z gunohidan kamaymasdan
otasiga borib turadi.
156. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi: Magar uchtasi
uzilmaydi: sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih
farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa!”
___________
XII bob. Farzandning ota ustidagi haqlari bobi hadislari 1. Abu Hurayra. “Otaning o‘g‘ilga qiladigan haqqi uchtadir...” Zaif*. “Zaiful jome’” (2734)ga qarang.
2. Sha’biy. “Alloh yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani...” Mursal (zaiflardan)*. “Tahrijul ihyo”ga va “Zaiflar” (1946)ga qarang.
3. Hadis. “To‘rt narsa kishining baxtidir...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo, “Kitobul ixvan” (54,53) va “Az-zaifatu” (759)ga qarang.
4. Yazid Raqqoshiy. “Yetti narsa bandaga ajr berib turadi...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (433/2).
5. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. (149 raqam bilan chiqdi).
XIII BOB. SILAI RAHM 157. Abu Ayyub, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.)
huzurlariga borib, tuyalarining yuganidan ushlab: “Ey Rasululloh, menga jannatga yaqin-
lashishimga sabab bo‘ladigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amaldan xabar bering!”
dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka va
namoz o‘qishga, zakot berishga va silai rahm qilishga buyurdilar.
158. Abdulloh ibn Abu Avfo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Arofat kechasida
Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik. Aytib qoldilar: “Bugun kechasi silai rahmni uzgan
kishi men bilan o‘tirmasin, bizdan ketsin”. Majlisning chetida o‘tirgan kishidan boshqa
hech kim turmadi. Hech vaqt o‘tmasdan u kishi qaytib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Nima
uchun sendan boshqa hech kim davramizdan turmadi?” dedilar. U aytdi: “Ey Rasululloh,
sizdan boyagi gapni eshitib, xolamnikiga bordim. U kishi bilan janjallashib, oramiz
buzilgan edi. Borganimdan keyin xolam menga: “Nimaga kelding, bu sening odating
emas edi-ku?” dedi. Men siz aytgan hadisning xabarini berdim. Mendan kechirim so‘radi,
men ham undan kechirim so‘radim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yaxshi qilibsan, o‘tir!”
dedilar. So‘ng: “Ogoh bo‘linglar, Allohning rahmati silai rahmni uzgan qavmga
tushmaydi!” dedilar”.
Bu xabarda qarindoshlikni uzishlik katta gunoh ekanligiga dalil bor. Chunki
qarindoshlikni uzish mo‘minni rahmatdan qaytaradi. Musulmon kishiga silai rahmni
uzgandan keyin tavba qilmog‘i, istig‘for so‘ramog‘i va silai rahmni boshqatdan
bog‘lamog‘i vojib bo‘ladi. Chunki payg‘ambarimiz (s.a.v.) birinchi xabarda silai rahm
bandani Allohning rahmatiga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtirishini ravshan qilib
aytdilar.
159. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Silai rahm savobidek tez keladigan
yaxshilik yo‘q, dunyoda tezgina azob berib, oxiratda ham azob bo‘ladigan gunoh silai
rahmni uzishlikdir”.
160. Faqih Amr ibn Shuaybdan, u esa, otasidan, bobosidan rivoyat qiladi: “Bir kishi
Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Men qarindoshlar bilan silai rahm qildim, ular
mendan uzildilar, ularni afv etdim, menga zulm qildilar, ularga yaxshilik qildim, menga