www.ziyouz.com kutubxonasi
75
haqqini bilishlik vojib bo‘ladi. Va har namozdan so‘ng ularga mag‘firat tilab duo qiladi.
“Meni go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek” (Al-Isro, 23-24), meni kichkina
holatimdan katta bo‘lgunimcha ikkovlari harakat qilganlari uchun, ikkovlarini mag‘firat
bilan mukofotlagin”.
Ba’zi tobe’inlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytadilar: “Kim har kuni ota-onasi haqqiga
besh marta duo qilsa, ikkovlarining haqqini ado qilibdi, chunki Alloh taolo:
“Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan”, dedi.
(Luqmon, 14). Allohga shukr qilishlik bir kunda besh vaqt namoz o‘qish bilan bo‘ladi,
shuningdek ota-onaga shukr qilishlik har kuni besh marta duo qilish bilan bo‘ladi. Keyin
Alloh aytdi: “Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir”, ya’ni
qalblaringizdagi ota-onangiz uchun bo‘lgan yumshoqlik-yaxshiliklarni bilguvchi zotdir,
keyin aytdi: “Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar...” ya’ni, ota-onalaringizga yaxshilik
qilguvchi bo‘lsalaringiz. Alloh taolodan mag‘firat-mukofotini talab qilgan bo‘lasizlar.
“Zero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etuvchi zotdir” (Al-Isro, 25). Ya’ni, agar ota-
onangiz haqqini tark qilsangiz, Alloh taologa tavba qilinglar, albatta U zot gunohlardan
qaytguvchilarni kechirguvchidir”.
Aytildi: “Ota-onaning farzand ustida o‘nta haqqi bor:
1) agar ulardan biri taomga muhtoj bo‘lsa, taomlantirmog‘i;
2) agar kiyim-kechakka muhtoj bo‘lishsa, kiydirmoqligi. Payg‘ambardan (s.a.v.): “Ularga
dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon, 15), oyatining tafsirida rivoyat qilinadi:
“Yaxshi muomala, agar och qolsalar, ovqatlantirmog‘ing va agar yalang‘och bo‘lsalar,
kiydirmog‘ingdir”;
3) agar ikkovidan biri farzandning xizmatiga muhtoj bo‘lsa, xizmat qilish;
4) agar farzandni chaqirsa, javob bermoqligi va hozir bo‘lishligi;
5) agar bir ishga buyursalar, itoat qilishi, modomiki gunoh bo‘lsa, bo‘ysunilmaydi;
6) yumshoqlik bilan gipirmoqligi, qo‘pol gaplar bilan gaplashmasligi;
7) otini aytib chaqirmasligi;
8) orqasidan yurishligi;
9) o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, ularga ham o‘shani ravo ko‘rishi ham rozi qilmog‘i;
10) mag‘firat so‘rab, duo qilmog‘i, xuddi o‘ziga qilganidek.
Alloh taolo Nuh alayhissalomdan hikoyat qilib aytdi: