121
Yangi
Tovarni takomillashtirish
o‘z kuchi bilan yangi tovar
ishlab chiqarish;
bitimlarni rivojlantirish;
litsenziya;
mahorat bilan ayirboshlash
Diversifikatsiya
gorizontal;
vertikal;
konsentrik
Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasida tovar sotishni yanada
ko‘paytirishga, tovarni iste’mol
sohasini kengaytirishga, foydalanilmay
qolgan imkoniyatlarni ishga solish hisobiga o‘sishga erishish mumkin.
Tovarni takomillashtirishda uning ozgina xossa-xususiyatini o‘zgartirgan
holda egallab turgan bozorda yangi tovar ishlab chiqarishga erishish mumkin.
Bozorni rivojlantirish strategiyasida yangi bozorlarda mavjud tovarlar
bilan o‘sishga erishish, bozor hududlarini kengaytirish nazarda tutiladi.
Diversifikatsiya strategiyasi ishlab chiqarilayotgan tovarga yaqinroq
bo‘lgan tovarni, tovardan tubdan farq qiluvchi boshqasini ishlab chiqarishni
o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Diversifikatsiyani uchta turi mavjud:
gorizontal, vertikal va konsentrik.
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o‘xshash
ishlab
chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni
ishlab chiqarish tushuniladi.
Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv
yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturining chuqurligini o‘stirishni anglatadi.
Masalan, go‘sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol yetishtirishni
o‘zlashtirishi mumkin.
Konsentrik diversifikatsiya korxona
uchun yangi tovarni ishlab
chiqarishni ko‘zda tutadi.
Diversifikatsiya tovarlarni turli-tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini
yaxshilashga asoslanadi.
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi, iste’molchilarni tovarni afzal
ko‘rish, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini
hisobga olish
orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligi ortishi
hisoblanadi.
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi:
tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari;
tovardan foydalanish samaradorligi;
komfortlilik;
ishonchlilik;
tovar dizayni va uslubi.
122
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o‘rin
egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda
qo‘shimcha tovarlarni ishlab chiqarishni boshlaganda qo‘llaniladi.
Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o‘sishini ta’minlash
uchun
samarali vosita sifatida ilgari suriladi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo‘llash innovatsiya siyosatining
tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda
amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o‘z ichiga oladi:
yangi tovar haqida g‘oya izlash;
g‘oyani tanlash;
yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishning iqtisodiy tahlili;
tovarni ishlab chiqish;
bozor sharoitida uni tajribadan o‘tkazish;
tovarni bozorga qo‘llash.
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqidagi g‘oyani
izlash bilan
boshlanadi. Yangi tovar g‘oyasini izlashni asosi, tovar haqidagi ichki va
tashqi g‘oyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g‘oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va
iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko‘rgazmalar, tadqiqot institutlari,
ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g‘oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo‘limi,
ishlab chiqarish bo‘limi, marketing bo‘limining barcha qismlari,
xalqaro
iqtisodiy hamkorlik bo‘limi, tovarni tayyorlash bo‘limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o‘z mazmuniga ko‘ra yangi
tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va
ishlab chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo‘llaniladi. Yangi
tovar haqidagi g‘oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan
foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish,
zararsizlikni baholash
uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar
markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: