10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini
hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o‘rtasida juda chambarchas aloqadorlik
mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi,
bozor segmentatsiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar,
odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib
olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor»
aloqadorligiga to‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki,
muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko‘proq tovar aylanmasi hajmini
ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo‘ljallangan –
bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo‘yna va
boshqalar.
Ikki narx segmenti yaqqol ko‘zga tashlanadi: “narx” xaridori va “sifat”
xaridori mavjud. Ko‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib,
ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar go‘yo ularga sifatga nisbatan
ishonch bildirib, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
mahsulotlar xaridida ko‘pincha kuzatiladi.
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori
nuqtai nazaridan narx o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchanligini belgilaydi.
Amalda talab ravonligini uch ko‘rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab
hamda yakka (unitar) talabga bo‘lish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga o‘ta sezuvchan
bo‘ladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga yetarli
darajada sezgirlik ko‘rsatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko‘p bo‘lgan, ularning bir
mahsulot o‘rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko‘zga
127
tashlanadi. Ko‘pincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi
aks etadi. Shunday qilib, narxlardagi o‘zgarishlar talab va taklifga muvofiq
ko‘tarilib-pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx
belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko‘rsatadi,
ya’ni bu chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin
bo‘lmaydi. Ammo iste’molchilar mahsulotni hayolidagi yagona qat’iy narxda
izlaydi. Marketologning vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar
doirasida maqbul narxlarni topish hisoblanadi. Ko‘pgina firmalar
bozorlardagi turli narxlarni tekshirish, o‘rindosh tovarlar narxi darajasini
raqiblar narxni o‘rganish yo‘li bilan statistik tahlil qilish usuli, grafik ekspert
baholovchi usullaridan foydalanib, talab o‘zgarishini o‘lchashga intiladi.
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki
kamayishi bilan bog‘liq holda o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qarab doimiy, sharli-
doimiy, o‘zgaruvchan turlarga bo‘linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan
mahsulot hajmiga qarab o‘zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va
asbob-uskunalar amortizatsiyasi, mulk solig‘i (daromad solig‘i), qo‘shimcha
xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq holda o‘zgarib
boradi, unga xomashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. Shartli-
doimiy xarajatlarga boshqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, yordamchi
materiallar olishga ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi.
To‘liq xarajatlar jami doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan
tashkil topadi, shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal)
xarajatlari ham hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko‘paygan
(kamaygan) hollarda bir mahsulot birligiga to‘liq xarajatlarning ko‘payishi
(kamayishi)ni ifoda etadi. Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi,
miqdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan
pastroq narx hech qanday foyda bermaydi.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib
chiqiladigan, zarar ko‘rmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi.
Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor
ishlab chiqarish ixtisoslashuvi sharoitida, o‘zgaruvchan xarajatlarni oson
hisoblash mumkin bo‘lgan paytlarda uni qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar
ko‘rmaslikni tahlil etishda asosiy e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga,
to‘liq daromad to‘liq xarajatlarga teng bo‘lgan, ya’ni na foyda na zarar
bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi.
Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‘ng har bir
narx uchun zaruriy hajmlar qiyoslanadi.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo‘lib xizmat qiladi.
128
Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog‘liq
bo‘lgan to‘rt bozor turini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik
raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish
raqobatning narx bilan bog‘liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq
bo‘lmagan raqobat usullarida firmalar o‘z mahsulotining o‘ziga xos
hislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, reklama,
mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga
bo‘lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari,
talabga yo‘naltirilgan narx)
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari,
foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import
tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
- narxni belgilash masalasi qo‘yiladi,
- talab aniqlanadi,
- xarajatlar baholanadi,
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi.
Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar
narxlarini o‘rganib, o‘z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx
belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda
formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko‘ra narx belgilash narx
belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga
qaratadi, talabni hisobga olmaydi.
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash
tovarning tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx
belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga
qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab
chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga yetib borishga qarab oxirgi
narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash
usulini qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun
muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma
xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
129
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan
firma mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab
chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir
qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi
agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi
kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do‘konlarga xaridorlar oqimini ko‘paytirish uchun sotuvchilar
ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar
yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga
bunga qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid
qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |