chiqarishning muntazam va bir maromda davom etishi hamda barqaror
rivojlanishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Ijtimoiy infratuzilma korxonada
xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratib berish hamda fuqarolarning
madaniy, maishiy, ma’rifiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
shug’ullanuvchi sohalardan tashkil topadi. Bozor infratuzilmasi
esa jamiyatda
bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va uning rivojlanishi uchun shartsharoit
yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Butun jamiyat miqyosida, shu jumladan
qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozor munosabatlarining shakllanishi
va rivojlanishi
uchun bozor infratuzilmasi yaxshi faoliyat yuritishi lozim.
Hududiy xususiyatiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi uch guruhga
bo’linadi: xalq xo’jaligi, mintaqaviy va mahalliy infratuzilmalar. Xalq xo’jaligi
infratuzilmasi butun xalq xo’jaligining samarali ishlashiga xizmat qiladigan soha
va xizmatlardan iborat. Unga energetika,
transport, aloqa tizimlarini misol
tariqasida keltirish mumkin. Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy
hududlarning rivojlanishi va mintaqaviy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi sohalar
majmui shakllanishi bilan bog’liq. Mahalliy infratuzilma esa alohida
korxonalarning faoliyatiga xizmat ko’rsatuvchi sohalardan iborat.
Tarmoq xususiyatiga ko’ra qishloq xo’jaligi
infratuzilmasi ikki guruhga
bo’linadi: tarmoqlararo va tarmoq ichidagi infratuzilma. Infratuzilmaning ko’pgina
sohalari tarmoqlararo xusuiyatga ega bo’ladi. Ular xalq xo’jaligining ko’pgina
tarmoqlariga xizmat ko’rsatadi. Bular – transport, aloqa, elektr ta’minoti va
boshqalar. Tarmoq ichidagi infratuzilma esa u yoki bu tarmoqning faoliyat
yuritishi uchun xizmat ko’rsatuvchi sohalardir. Masalan, dehqonchilikda
o’simliklarni kimyoviy himoyalash xizmati, chorvachilikda veterinariya xizmati va
hokazo.
Funksional yo’nalishiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi ikki guruhga
bo’linadi: bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi
va tayyor mahsulotni
iste’molchilarga yetkzaib berishga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma. Birinchi
guruhga transport, texnik ta’mirlash, melioratsiya, suv ta’minoti,
agrotexnik,
veterinariya xizmatlari kabi bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga
xizmat ko’rsatuvchi sohalar kiradi. Ikkinchi guruhga esa qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini tayyorlash, ombor xo’jaligi, tashish, sotish kabi xizmatlarni
ko’rsatuvchilar kiradi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning muhim
tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, ular tomonidan ko’rsatiladigan turli yo’nalishdagi
xizmatlar tufayli barcha tarmoq hamda korxonalarning o’zaro
hamkorligi
mustahkamlanadi.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng barcha turdagi infratuzilma subyektlarining
samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiy
qo’llab-quvvatlash tizimi amaliyotga joriy qilinib, u davr talablariga muvofiq
ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Mamlakatimizda
bevosita shakllangan
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma subyektlarini saqlab qolgan holda bozor
munosabatlariga xos bo’lgan infratuzilma subyektlarini shakllantirish va
rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: