2010
225
6 800
2011
355
7 400
2012
272
8 510
2013
352
10 000
2014
330
11 000
2015
293
12 000
2016
300
13000
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq joylarda namunaviy
loyihalar asosida qurilgan uy-joylar soni 2009-2016-yillar mobaynida ortib borgan.
2009-2016-yillarda 2169 ta qishloq massivlarida 69557
ta namunaviy loyihalar
asosida uy-joylar qurilgan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun
yo’naltirilgan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun
yo’naltirilgan mablag’lar
Yillar
Qurilishning umumiy qiymati,
mlrd.so’m
shu jumladan, imtiyozli
kreditlar, mlrd. so’m
2009
50,7
31,4
2010
428,9
254,5
2011
576,5
365,0
2012
905,5
535,4
2013
1 385,4
740,3
2014
1 772,5
1 038,5
2015
2 071,4
1 229,1
2016
2600,0
1693,1
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2009-2016 yillarda
namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi uchun 9790,9 mlrd. so’m mablag’
sarflangan, uning 5887,3 mlrd. so’mi imtiyozli kreditlardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-
sonli qaroriga asosan “Qishloq qurilish invest” injiniring
kompaniyasi bilan
namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uyjoylarning qurilishi uchun “tayyor
holda topshirish” shartlarida shartnoma tuzgan barcha pudratchi tashkilotlar
Pensiya jamg’armasidan tashqari soliqlarning barcha turlarini to’lashdan ozod
etilganligi ham ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Hukumatimiz tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-
joylarni yanada takomillashtirishga e’tibor berilmoqda. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2010-yil 17-iyunda qabul qilingan “Qishloq joylarda namunaviy
loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi
qaroriga muvofiq, uy-joylarning namunaviy loyihalariga
o’zgartirish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq
joylarda har bir imorat
quruvchiga shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix o’rniga 6 sotix hajmida yer
uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz rahbarining taklif va tavsiyalari asosida
ilgari ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv
instituti tomonidan har tomonlama tahlil qilindi. E’tibordan chetda qolgan tabiiy
omillar – shamol yo’nalishi, quyosh nurining tushishi
kabi muhim imoratsozlik
talablari yangi loyihalarda inobatga olindi. Shuningdek, xonalarning joylashtirilishi
qayta ko’rib chiqildi, xonalar kengaytirildi, devorlar balandligi 3 metrdan 3,2
metrga oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada keksalar
va bolalar uchun ham
tegishli qulayliklar, darvozaxonada shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy
nazarda
tutilgan, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab
qurilgan suv isitish – qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko’chirilgan.
Mamlakatimizda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish
borasida ulkan
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimiz agrar sohasi rivoji va
aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi muqarrardir.